Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 oktabr kuni Samarqandda YuNeSKO Boş konferensiyasi 43-sessiyasining oçiliş marosimida nutq sözladi.

«Bunday nufuzli forumning mamlakatimizda ötkazilayotganini Taşkilotga a’zo davlatlarning Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli, jadal islohotlarga bölgan yuksak işonçining yorqin ifodasi, deb qabul qilamiz. Şonli sakson yillik yubileyini nişonlayotgan YuNeSKO ötgan davr mobaynida ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, axborot sohasida global hamkorlik, özaro işonç va hamjihatlik borasida jahondagi nufuzli institut sifatida özini namoyon etib kelmoqda», dedi davlat rahbari sözboşida.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston YuNeSKO taşkilotining olijanob va ezgu maqsadlariga qat’iy sodiq ekanini ta’kidladi. Özbekiston Şarq va Ğarb, Şimol va Janub örtasida uyğunlik köprigi, barça uçun oçiq va konstruktiv hamkorlik maydoni bölişga hamişa tayyorligini ma’lum qildi.

Prezident Özbekiston YuNeSKO teng huquqli a’zosi sifatida sönggi yillarda köplab tadbirlar, festivallar, tarixiy sanalarga bağişlangan xalqaro anjumanlarni ötkazib kelganini aytdi.

Davlat rahbari kun tartibidagi asosiy masalalar böyiça qator takliflarni ilgari surdi.

Birinçidan, alohida ehtiyojli bolalar uçun Inklyuziv ta’limni rivojlantiriş böyiça YuNeSKO platformasini joriy etiş, Jahon professional ta’lim sammitini ötkaziş, YuNeSKO iştirokida “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oşiriş, sun’iy intellekt etikasi böyiça xalqaro ekspertlar anjumanini ötkaziş.

Ikkinçidan, insoniyatning bebaho xazinasi bölgan jahon nomoddiy madaniy merosini saqlab qoliş uçun birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuçaytiriş, YuNeSKO “Jahon xotirasi” dasturini rivojlantiriş, 19 noyabrni “Hujjatli meros xalqaro kuni” deb e’lon qiliş, YuNeSKO tuzilmasiga kiradigan Raqamli meros böyiça xalqaro institutni taşkil etiş.

Uçinçidan, xotin-qizlarning yetakçilik qobiliyati va kompetensiyasini ta’minlaş uçun global dasturlarni faol işga tuşiriş, xotin-qizlar yetakçiligi böyiça YuNeSKO akademiyasini taşkil etiş, Samarqandda xotin-qizlarning Ta’lim, madaniyat va fan sohasidagi global forumini ötkaziş.

Törtinçidan, iqlim inqiroziga qarşi birgalikda samarali kuraşiş, “YuNeSKO ekologik poytaxti” global taşabbusini joriy qiliş, “Globallaşuv va iqlim özgarişlari şaroitida madaniy merosni asrab-avaylaş böyiça çora-tadbirlarni kuçaytiriş töğrisida”gi rezolyutsiyasini işlab çiqiş, mazkur masala böyiça Xiva şahrida xalqaro simpozium ötkaziş.