BMTTD ma’lumotiga köra, yangi şelter jabrdiydalar uçun xavfsiz muhit yaratadi, kompleks ijtimoiy, huquqiy va psixologik xizmatlar, şuningdek, reabilitatsiya hamda jamiyatga qayta integratsiya dasturlarini taklif etadi. Markaz Farğona vodiysida gender zöravonlikka qarşi tizimli javob çoralarini kuçaytirişga xizmat qiladi. 

Oçiliş marosimida BMTTDning Özbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudjii davlat idoralari va fuqarolik jamiyatining hamkorligi ahamiyatini qayd etdi. Ombudsman Feruza Eşmatova esa gender zöravonlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga e’tibor qaratdi va barqaror hamkorlikni davom ettiriş zarurligini ta’kidladi. 

Loyiha BMTTDning «Özbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilişni mustahkamlaş» yönalişi doirasida amalga oşirilmoqda, moliyalaştiriş Finlandiya hukumati kömagi hisobidan ta’minlangan.