Çexiyaning Škoda Group kompaniyasi Özbekiston bozoriga kiriş böyiça strategik rejasini taqdim etdi.
Kompaniya boş direktori Petr Novotni 24 oktabr kuni Bryusselda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi işbilarmonlik muzokaralarida iştirok etdi.
Qayd qilinişiça, Škoda kompaniyalar guruhi Markaziy Osiyo bozoriga yönaltirilgan faoliyatini davom ettirmoqda va Özbekiston bilan hamkorlikni çuqurlaştirmoqda.
Uçraşuvda Škoda Group qöşma korxona orqali Özbekiston bozoriga kiriş böyiça strategik rejasini taqdim etdi. Rejalarga köra, qöşma korxona faoliyati uçta asosiy yönalişga qaratiladi:
- temir yöl transportini mahalliy yiğiş;
- transport vositalarining butun hayotiy sikli davomida texnik xizmat körsatiş va ta’mirlaş;
- mahalliy ta’lim va kasbiy rivojlaniş uçun Škoda akademiyasini taşkil etiş.
«Uç yönalişning har biri Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi yangi bitim hamda «Yevropa global darvozasi» strategiyasini amalga oşiriş yölidagi aniq qadamdir. Biz Özbekistonga yevropalik işbilarmon hamkorlarning yangi investitsiyalari uçun oçilayotgan mamlakat sifatida qaraymiz. U uzoq vaqtdan beri bizning strategik ambitsiyalarimiz kontekstida e’tiborimiz markazida bölib kelmoqda. Şuning uçun biz mahalliy bozorda barqaror transport, ta’lim va texnologik modernizatsiyani rivojlantirişga hissa qöşiş imkoniyatini qizğin olqişlaymiz», dedi Petr Novotni.
Xabarga köra, uçraşuv davomida Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Škoda Group konserni vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazdi. Temir yöl va şahar transporti sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça aniq çora-tadbirlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanişiça, Şavkat Mirziyoyev Škoda Group konsernining Özbekiston transport sohasini rivojlantirişga, xususan, Yevropa texnologiyalari va tajribasini transfer qilişga qöşayotgan hissasini yuksak baholadi. Şuningdek, u Škoda Group konsernining Özbekiston bozorida uzoq muddatli iştirokini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.













