Andijon, Toşkent, Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida hokimlar almaşdi.

Xonobod şahri

Elyorbek Abdurahmonov

1 noyabr kuni Andijon viloyati Xonobod şahri hokimligida Xalq deputatlari şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etgan sessiya kun tartibida taşkiliy masala körib çiqildi. Şaharga 2020 yil oktyabrdan buyon hokimlik qilib kelgan Maş’albek Tojiboyev örniga Elyorbek Abdurahmonov yangi hokim etib tayinlandi.

U şu vaqtgaça Andijon viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi sifatida işlab kelayotgandi.

Ohangaron şahri

Sadriddin Şoqosimov

Toşkent viloyati Ohangaron şahrida ham Xalq deputatlari şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirziyoyev iştirok etgan sessiyada taşkiliy masala körildi.

2024 yil fevralidan buyon şahar hokimi lavozimida işlab kelgan Muzaffar Rajabboyev işda yöl qöygan xato va kamçiliklari uçun lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Ohangaron şahar hokimi lavozimiga Ohangaron tumani hokimining quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalarni rivojlantiriş, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlab kelgan Sadriddin Şoqosimov nomzodini tavsiya qilgan.

Deputatlar Şoqosimovni şaharning yangi hokimi etib tasdiqlagan.

Narpay tumani

Anvar Boliyev

Samarqand viloyatida ham xalq deputatlari Narpay tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi.