Çexiyada uçta öng populistik partiya rahbarlari 3 noyabr kuni hukmron koalitsiya tuzilganini e’lon qildi. Hamkorlar uning maqsadi “boşqaça Yevropa” — “suveren milliy davlatlardan iborat işonçli ittifoq” ekanini ta’kidladi, deb xabar beradi AFP agentligi.

Sönggi parlament saylovlarida ğalaba qozongan “Norozi fuqarolar aksiyasi” (ANO) partiyasi rahbari, milliarder Andrey Babiş Çexiyaning boş vaziri bölişi kutilmoqda. U hukumatni dekabr örtalarigaça şakllantiriş niyatida ekanini, şunda 2026 yil budjeti tasdiqlanişiga ulgurişini ma’lum qildi.

Koalitsiyaga ANO bilan birga kiçik şerik sifatida antimigrant ruhdagi “Erkinlik va töğridan töğri demokratiya” (SPD) hamda “Avtomobilistlar özlari uçun” partiyalari kirmoqda. Saylov natijalariga köra, uşbu uç partiya parlamentning quyi palatasidagi 200 örindan jami 108 tasini qölga kiritgan.

SPD Çexiyaning YeIdan çiqişi böyiça referendum ötkazişni qöllab-quvvatlaydi. Partiyaning saylovoldi kampaniyasi ham migratsiyani keskin tanqid qilişga qaratilgan edi. “Avtomobilistlar” esa YeIning içki yonuv dvigatellaridan bosqiçma-bosqiç voz keçiş rejalariga qarşi çiqadi.

Uç partiya bayonotida YeI “a’zo davlatlarga ularning içki suverenitetini zaiflaştiradigan qarorlarni majburiy tarzda yuklaşiga haqli emas”, deyiladi.

Umummilliy darajada maşhur bölgan öng populistik ANO rahbari Babiş Kiyevga öq-dorilar yetkazib beriş dasturini — Praga tomonidan muvofiqlaştirilayotgan loyihani — töxtatiş niyati borligini oldinroq bildirgan. Şuningdek, u Ukrainaga Çexiya davlat budjeti hisobidan har qanday yordamni butunlay çiqarib taşlaşni rejalaştirayotganini aytdi. “Bu mablağlar öz fuqarolarimizga sarflanişi kerak”, — dedi 71 yoşli siyosatçi.

YeI siyosati borasida ham Babiş qarama-qarşi kursni közlayotgani aytilmoqda. Biroq AFP qayd etişiça, u SPD'ning Çexiyaning YeIdan çiqiş böyiça referendum ötkaziş zarurligi haqidagi pozitsiyasiga qöşilmaydi.