O‘zbekiston | 17:00 / 04.11.2025
3639
4 daqiqa o‘qiladi

HAVAL - O‘zbekistondagi ikki yillik faoliyat: yuksalish, ishonch va olg‘a harakat

HAVAL O‘zbekiston bozoridagi ikki yillik faoliyati - jadal sur’atlar bilan o‘sish, mijozlar ishonchi va dadil tarzda ilgarilash davrini nishonlamoqda.

Foto: HAVAL

2023 yil iyul oyida ADM Global va Great Wall Motor (GWM) kompaniyalar guruhi strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi va brendning mamlakatda rasmiy ishtirokini yo‘lga qo‘ydi. O‘sha yilning oktyabr oyida Toshkentda birinchi HAVAL Almazar dilerlik markazi ochildi. Bugungi kunda HAVAL tarmog‘ida respublika bo‘ylab 20 ta rasmiy dilerlik va xizmat ko‘rsatish markazlari mavjud bo‘lib, ular mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va ommaboplikni ta’minlab kelmoqda.

2025 yilda O‘zbekistonda HAVAL sotuvi o‘tgan yilga nisbatan 247 foizga oshdi — bu brendga bo‘lgan ishonch va qiziqish ortib borayotganining tasdig‘idir. 31 oktyabr kuni ADM Jizzakh zavodida konveyerdan 10 000-HAVAL avtomobili chiqarildi — bu mamlakatning butun avtosanoati uchun muhim bosqich va ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishining isbotidir.

HAVAL’ning 10 000-avtomobili sifatida Jolion — epchil, texnologik va mamlakat sharoitiga mukammal moslashtirilgan krossoveri hisoblandi.

«Biz qandaydir mutlaq fazoviy tezlikda rivojlanmoqdamiz. Bir qancha vaqt avval 10 000 raqami menga juda katta bo‘lib tuyulgan edi. Hozir men quvonch his qilmoqdaman, ammo u qisqa fursat. Men o‘zim uchun keyingi bosqich sifatida bu songa qo‘shimcha nol raqamini qo‘shish deb qaror qildim. To‘xtashga hech ham haqqimiz yo‘q. Kelgusida CKD usulida ishlab chiqarishning boshlanishi, yangi investitsiyalar va ish o‘rinlari kutmoqda», dedi HAVAL brendining O‘zbekistondagi direktori Dmitriy Sysoyev.

 

GWM International kompaniyasi prezidenti Shi Tsinkening so‘zlariga ko‘ra:

«Agar O‘zbekistonning global strategiyamizdagi o‘rni haqida gapiradigan bo‘lsak, u haqiqatan ham juda muhim. Mamlakat Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan bo‘lib, 40 million nafardan ortiq aholiga ega mintaqaviy markaz hisoblanadi. Ishonchimiz komilki, bu yerda GWM’ning istiqboli porloq. O‘zbekistonning o‘zi ham yaqin 3-5 yil ichida katta va jo‘shqin istiqbolga ega. Shuning uchun biz Markaziy Osiyodagi o‘rnimizni izchil mustahkamlab, aynan O‘zbekistonga sarmoya kiritishda davom etamiz.

ADM — bizning ishonchli hamkorimiz ham faol taraqqiy etmoqda. Buni ishlab chiqarish quvvatlari, infratuzilma, zamonaviy asbob-uskunalar — barchasi eng yuqori standartlarga javob berishida ko‘rish mumkin. Biz kelajakda O‘zbekistondan avtomobillarni xorijiy bozorlarga eksport qilish uchun modellar qatorini yanada kengaytirish, shuningdek, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish masalasini muhokama qilmoqdamiz. Bu bizning keyingi aniq qadamimizdir».

HAVAL sport va sog‘lom turmush tarzini faol qo‘llab-quvvatlaydi — O‘zbekiston boks federatsiyasining hamkori va eng yirik sanoat ko‘rgazmalari: Automechanika, INNOPROM. Markaziy Osiyo, Automotive Industry ishtirokchisi hisoblanadi.

2025 yil 8 noyabr kuni HAVAL O‘zbekistonda o‘zining 2 yilligini keng tarzda nishonlaydi. Bayram tadbirlari brendning barcha rasmiy dilerlik markazlarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Shahringizdagi tadbirning aniq vaqti va joylashuvini bilish uchun HAVAL call-markaziga qo‘ng‘iroq qiling: +998 (71) 287-88-88.

HAVAL — o‘z mijozlari bilan birga oldinga harakatlanayotgan brendga qo‘shiling.

E-mail | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

  Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid