U yer ajratiş uçun pul talab qilgani ta’kidlanmoqda.
Andijonda yer ajratiş uçun pul talab qilgan tuman hokimi örinbosari qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi, ammo qaysi tuman ekaniga aniqlik kiritilmadi.
Qayd qilinişiça, uşbu şaxs tuman hududidan ötgan katta yöl böyidagi 400 metr uzunlikdagi suv yölini yopiq tizimga ötkazgan holda, yuzaga keladigan 60 sotix maydonda 8 ta savdo dökoni quriş uçun yer ajratiş va tegişli hujjatlarni yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali rasmiylaştirib berişini aytib, fuqarodan 15 ming dollar talab qilgan.
Mansabdor kelişilgan pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan iş oçilib, qamoqqa oliş tarzida ehtiyot çorasi qöllangan.












