Millar telekanali xabar berishicha, olib borilgan tezkor chora-tadbirlar doirasida gumonlanuvchilardan biri yashash uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida qator moddalar aniqlandi va olib qo‘yildi.

Ular: taxminan 700 gramm marixuana, 600 gramm gashish, 100 gramm mefedron.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu faktlar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov davom etmoqda.

2025 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda 46 nafar OTM talabasi narkotik moddalar aylanmasi (sotish) bilan bog‘liq ishlarda fosh etilgani xabar qilingan.