Yangi saylangan Nyu-York meri özining birinçi nutqida özbeklarga ham minnatdorlik bildirdi. Zohran Mamdani Nyu-York tarixidagi birinçi musulmon, Afrikada tuğilgan, 1892 yildan beri saylangan eng yoş mer böldi. Biroq prezident Tramp uni «kommunist» deya atab, mablağ ajratmaslik bilan qörqitmoqda.
Xabaringiz bor, demokratlardan bölgan Zohran Mamdani endi Nyu-Yorkning yangi meri. Bu şaxsning rostdan ham e’tiborni tortuvçi bir qança tomonlari bor. Birinçidan u 1892 yildan beri saylangan eng yoş mer, Nyu-Yorkning birinçi musulmon meri hamda Afrikada tuğilgan odam birinçi marta bu lavozimga saylanmoqda. Aslida u ötgan yili merlik uçun poygaga kam pul, institutsional partiya yordamisiz kirgan edi. Lekin uning sobiq gubernator Endryu Kuomo va respublikaçi nomzod Kertis Slivadan ham ötib ketib, ğalaba qozonişi olamşumul voqelik bölmoqda.
Zohran Mamdanining yoş va xarizmatik ekani ham ğalabaga yordam berdi, deb yozadi BBC.
Uning etnik kelib çiqişi esa partiya tarkibining xilma-xilligini aks ettiradi. Mamdani siyosiy kuraşdan qoçmadi va ğurur bilan çap qanot dasturini qöllab-quvvatladi. Masalan, bepul bolalar parvarişi, kengaytirilgan jamoat transporti va hukumatning erkin bozor tizimiga aralaşuvi kabi takliflarni ilgari surdi, deya qöşimça qiladi uşbu naşr.
Saylov oldidan tanqidçilar Amerikaning keng doiralarida bunday nomzodni saylab bölmaydi, deb ogohlantirdi. Şunga qaramay, seşanba kuni keçqurun u Nyu-Yorkning yangi meri bölişi oydinlaşdi.
Nyu-Yorkning sobiq gubernatori, özi gubernatorning öğli bölgan Endryu Kuomoga qarşi kuraşib, uni mağlub etiş – Mamdani uçun katta natija edi.
Şu jihatdan ham Zohranning merlik kampaniyasi ommaviy axborot vositalarining katta e’tiborini tortdi, ehtimol munitsipal saylovlardan köra köproq, hatto Amerikaning eng yirik şahri uçun ham.
Lekin endi hokim sifatida uning muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari diqqat bilan tekşiriladi, omma e’tiborida böladi.
Bundan ön ikki yil oldin demokrat Bill de Blasio Nyu-York şahrining iqtisodiy va ijtimoiy tengsizliklarini hal qiliş takliflari bilan merlik uçun kuraşda ğolib çiqqandi. Mamdaniga öxşab, çap qanotdagi amerikaliklar ham uning ma’muriyati samarali liberal boşqaruvning milliy namunasini taqdim etişiga katta umid boğlaşgan.
Biroq, De Blasio sakkiz yil ötib, yangi siyosatlarni amalga oşiriş uçun merlik vakolatlari çegaralari bilan kuraşganligi sababli unçalik maşhur bölmadi. Mamdani öşa çegaralar va xuddi şu umidlar bilan kuraşişi kerak.











