Diaspora masalalari va antisemitizmga qarşi kuraş vaziri Ammihay Şikli 34 yoşli musulmon-demokrat Zohran Mamdaniy Nyu-York meri saylovida ğalaba qozonganidan keyin, şahardagi yahudiylarni vatanga qaytişga çaqirdi.
“Bir vaqtlar umumiy erkinlik ramzi bölgan şahar hokimiyat kalitini 25 yil oldin Nyu-Yorkning uç ming aholisini öldirgan fanatiklar pozitsiyasidan unça farq qilmaydigan, HAMAS tarafdori qöliga topşirdi”, — deb yozdi Şikli 5 noyabr kuni X sahifasida.
Uning fikriça, “Nyu-York endi heç qaçon avvalgidek bölmaydi, ayniqsa uning yahudiy jamoasi uçun”, şu bois ular “Isroil zaminini yangi uyi qiliş haqida jiddiy öylab körişi” kerak. “Nyu-York, London jarlikka oçiq köz bilan kirib bormoqda”, — deb qöşimça qildi Şikli.
Şaharda taxminan 1,3 million yahudiy yaşaydi — bu Isroildan taşqari dunyodagi eng yirik yahudiy jamoati. Şu bilan birga, Mamdaniy Isroildagi hokimiyatni “aparteid rejimi”, Ğazodagi uruşi esa “genotsid” deb atagan. Biroq u HAMAS haqida alohida bayonot bermagan.
Şiklining Mamdaniyga oid bayonotiga Isroil milliy xavfsizlik vaziri va öng “Otsma Yyexudit” (“Yahudiy kuçi”) partiyasi rahbari Itamar Ben-Gvir ham qöşildi. AFP uning sözlarini keltirdi: “Antisemitizm soğlom aqlni yengdi. Mamdaniy — HAMAS tarafdori, Isroil duşmani va aşaddiy antisemit”.
Şahar boşliği saylovi 4 noyabr kuni bölib ötdi. Deyarli 98 foiz ovozlar sanab çiqilgandan söng, Demokratik partiya va “Işlovçi oilalar partiyasi” qöllab-quvvatlagan Mamdaniy 50,4 foiz ovoz bilan birinçi böldi. Ikkinçi örinda 41,6 foiz ovoz bilan mustaqil nomzod Endryu Kuomo turibdi, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp uni qöllab-quvvatlab, u yutqazadigan bölsa, şahar moliyalaştirilişini qisqartiriş bilan tahdid qilgan edi. Kuomo 2011–2021 yillarda Nyu-York ştati gubernatori bölgan, keyin jinsiy tazyiq ayblovlari ortidan iste’fo bergan va Demokratik partiya praymerizida Mamdaniyga yutqazgan.
Tramp, şuningdek, söl qaraşli Mamdaniyni kommunist deb atagan. Prezidentning ta’kidlaşiça, siyosatçining ğoyalari şaharga zarar yetkazadi. Xususan, u ijara haqini muzlatib qöyiş, şahar avtobuslarida bepul yuriş, umumiy maktabgaça ta’lim va munitsipal oziq-ovqat dökonlari tarmoğini oçişni taklif etgan. Mamdaniy bu loyihalarni boylar va kompaniyalar uçun soliqlarni oşiriş hisobiga moliyalaştirişni rejalaştirmoqda.












