Xitoyda talaba böliş va yaşaş: buni qanday amalga oşiriş mumkin?
|22:38 / 06.11.20259 67516 min
Toşkentlik talaba Safina Mannopova Xitoy universitetiga öqişga kirgan. U öz tajribasi bilan örtoqlaşdi: öqişga qanday kirgani, kampusdagi hayot va Xitoyda talabaga qança pul kerak bölişi haqida hikoya qilib berdi.
Foto: Getty imagesFoto: Getty images
Lekin bungaça ham köplab talabalar texnologiyalar va qattiqqöl universitetlar mamlakatiga borişni orzu qilişardi. Endi çegaralar oçilgan bir paytda, Xitoy ta’limiga qiziqiş ortib bormoqda, yoşlar esa Seul yoki Istanbul örniga Şençjen yoki Pekinni köproq tanlamoqda.
Toşkentlik talaba Safina Mannopova Özbekistonda bir yil öqigandan keyin Xitoy universitetiga öqişga kirgan. U öz tajribasi bilan örtoqlaşdi: öqişga qanday kirgani, kampusdagi hayot va Xitoyda talabaga qança pul kerak bölişi haqida hikoya qilib berdi.
Şençjen, Guandun provinsiyasi
Öqiş haqidagi qaror
Maktabni bitirgandan keyin Toşkentdagi Puçon universitetining multimedia va öyin kontenti fakultetiga öqişga kirdim. Bir yillik öqiş xotirjam ötdi, ammo vaqt ötişi bilan menga qiyinçilik yetişmayotganligini his qildim. Hammasi juda oddiy edi, men esa yangiça muhit, mustaqillik va mas’uliyatni istardim.
Toşkentdagi Puçon universitetida öqiş
Avvalroq menda Amerikaning ikkita — Colorado University va Creighton University universitetlariga kiriş imkoniyati bölgan, lekin rad etgandim. AQŞ menga har doim uzoq, juda şovqin-suronli va xavfsiz bölmagan joydek tuyulardi. Men esa tartib, mehnatga hurmat va xavfsizlik mavjud muhitda öqişni xohlardim.
Bahorda, ota-onam bilan uzoq suhbatlardan söng biz hatto Toşkentda birinçi kursni tugatgan bölsam ham baribir xorijda öqib körişim kerak, degan qarorga keldik.
Nega aynan Xitoy
Xitoy menda ança vaqtdan beri qiziqiş uyğotib kelardi. Maktabda öqiyotgan paytimdayoq yapon va xitoy tillari orasida tanlov qilganman — meni Osiyo har doim öziga tortardi.
Mavzuga oid
Bir vaqtlar Xitoyda yaşagan matematika öqituvçim esa, mahalliy aholining mehnatkaşligi, oçiqköngilligi va boşqalarni hurmat qilişlari haqida köp gapirardi. Öşanda men ilk bor Xitoy — bu faqat iqtisodiyot va texnologiyalar emas, balki öziga xos hayot falsafasi ham ekanligi haqida öylab qoldim.
Qaror qabul qiliş vaqti kelganda, ota-onam ikkilanişdi, ammo onam qat’iy turdi:
“Sen ulğayişing, hamma narsani mustaqil hal qilişni örganişing kerak. Boraqol”.
Aynan mana şu sözlar men uçun hal qiluvçi böldi. Xitoy dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri hisoblanadi. Qat’iy qoidalar, har qadamda kameralar va jamoat nazoratining yuqori darajasi. Köçada hatto keçasi ham öz xavfsizliging haqida xavotirlanmay bemalol yuriş mumkin.
Öqişga kiriş
Jarayon bir neça oy davom etdi va har bir mayda-çuydaga e’tibor beriş kerak edi. Ariza topşiriş uçun quyidagilar talab qilindi:
6.0 balldan past bölmagan IELTS sertifikati;
attestat, pasport va tibbiy ma’lumotnomaning notarial tasdiqlangan tarjimalari;
olimpiadalar va sinfdan taşqari işlarda qatnaşganligini tasdiqlovçi hujjatlar.
Maslahat: Xitoy tilini heç bölmaganda bazaviy darajada bilgan ma’qul.
Ariza topşirilgandan bir oy ötgaç, matematika va fizikadan kiriş imtihonini topşiriş kerak edi. Men Xitoyning yetakçi texnik universitetlaridan biri bölgan Harbin Institute of Technology (Shenzhen campus)ni tanladim. Yönalişim — Computer Science and Technology: ITni şunçaki amaliy dasturlaş sifatida emas, çuqurroq, injyenerlik yönalişida örganişni istardim.
Harbin Institute of Technology (Shenzhen campus) universiteti
Hujjatlarni topşiriş qimmatga tuşdi, lekin barçasi bilan agentlik şuğullandi. Men faqat kutiş va hujjatlar tarjimasi bilan maşğul böldim. Bu jarayon notarial xizmatlar va agentlik tölovini ham hisobga olgan holda biz kutgandan köra ança uzoq davom etdi.
Imtihondan keyin natijani kutiş qoldi. Umidim katta emasdi, çunki Xitoyda doimo yuqori darajadagi raqobat bor, matematika örganişdagi bir yarim yillik tanaffusdan söng imtihondan öta olişimga şubham bor edi. Ammo natijalar keldi va imtihondan ötganim ma’lum böldi.Menga öqiş haqining taxminan 70% ini qoplaydigan grant berildi, qolgan qismini özim tölayman.
Universitet qabul komissiyasining javobi
Universitetda öqişning töliq qiymati yiliga 26 000 yuanni taşkil qiladi (taxminan 3 600 dollar). Men qiymatning 70% ini qoplaydigan grant asosida öqiyman, şuning uçun faqat 30%i — yiliga 7 800 yuan (1 092 dollar) tölayman.
Xitoyda xorijiy talabalarga odatda uçta turdagi grantlar taklif etiladi:
Töliq (Full Scholarship) – öqiş, yaşaş, tibbiy suğurtani qöplaydi va oyiga 2 500–3 000 yuan stipendiya beriladi;
Qisman (Partial Scholarship) – öqiş qiymatining bir qismini qoplaydi (odatda 50–70 %), qolgan qismini talaba tölaydi;
Universitet granti - IELTS yoki HSK dan yuqori ball, olimpiadalar, volontyorlik loyihalaridagi faol qatnaşuv va akademik muvaffaqiyatlar uçun beriladi.
Men imtihondagi yaxşi natijalarim va qöşimça faolligim uçun grantni qölga kiritgandim. Ular taşabbuskor va nafaqat öqiş, balki undan taşqarida ham faol bölgan talabalarni qadrlaşadi.
HSKdan yuqori natijalarga ega nomzodlar (4-daraja va undan yuqori) va IELTSdan 6.0 va undan yuqori ball olganlar qisman yoki töliq stipendiya oliş imkoniyatiga köproq ega bölişadi. Birinçi kursdagi akademik körsatkiçlar ham hisobga olinadi. Agar talabaning örtaça ballari yuqori bölib, universitet hayotida faol iştirok etsa, grantni uzaytiriş ham mumkin.
Dastlabki kunlar va moslaşiş
Xitoyga kelişim bilan bu yerning iqlimi butunlay boşqaça ekanligini sezdim. Pekindan Şençjenga borgunça issiq ikki baravar kuçaydi, ventilyatorsiz yurişning iloji yöq.
Xitoyliklar qöl ventilyatoridan foydalanişadi
Ovqatlarning hidi boşqaça, juda ötkir edi va bu haqiqiy madaniy şok böldi. Hatto birinçi kunlari köçada yuriş ham qiyin böldi: juda issiq, şovqinli va har qadamda Xitoy oşxonasining ötkir hidi kelardi.
Men uçun eng kutilmagani iqlim emas, balki hamma narsaning butunlay boşqaça taşkil etilgani böldi. Hatto tölov ham alohida dunyo. Hamma narsa WeChat va Alipay orqali amalga oşiriladi: taksi, ovqatlaniş, xaridlar — barçasiga telefon orqali tölov qilasiz. Bizda buning uçun turli ilovalardan foydalaniş kerak, bu yerda esa hammasi bittada.
WeChat va Alipay ilovalari
Samolyotimiz qönişi bilan bizga SIM-kartalar, transport kartalari berişdi va mobil ilovalardan qanday foydalanişni tuşuntirişdi. Talabalar uçun jamoat transporti bepul. Heç kim naqd pul işlatmaydi, şu bois Xitoy servislariga darhol ulaniş kerak. Hatto qahvaxonada buyurtma beriş ham QR-kod orqali amalga oşiriladi — skanerlaysan, taomni tanlaysan va onlayn tölaysan.
Eng qiyin bölgani taom yoki issiq havo emas, balki tölov qiliş böldi. 30% öqiş haqini tölaş vaqti kelganda, mening kartam işlamadi. Faqat WeChat Pay va Alipay orqali tölov qabul qilinadi, mening Visa kartam esa ulanmasdi. Men xavotirga tuşdim, qolganlar avtobusga ötirib bölgan, men esa nima qilişni bilmay telefonni uşlagança turardim.
Menga bir talaba yordam berdi: u öz akkaunti orqali töladi, keyinroq unga pul ötkazib berdim.. Şunda ilk bor barçasi raqamli xizmatlarga qançalik boğliqligini tuşundim.
WeChat va Alipaysiz hayot keçira olmaysan: naqd pul deyarli heç yerda qabul qilinmaydi, QR-kod esa har qanday xizmatga kiriş kaliti — qahva xarid qilişdan tortib avtobusda yurişgaça.
Dastlabki kunlar uşbu sur’atdan hayratlanişda ötdi: hamma narsa raqamli, avtomatlaştirilgan, kassalar, odatiy terminallar yöq. Bu qiyindek tuyuldi, ammo bir neça kundan keyin könikdim. MDH mamlakatlaridan kelgan talabalar köpligi yordam berdi — birinçi kundanoq birga yurib, tajribalarimiz bilan bölişdik, nima qanday işlaşini örgatib, bir-birimizga yordamlaşdik.
Ta’lim va öqituvçilar
Bundan oldin men multimedia va öyin-dizayn böyiça öqiganman, lekin faqat kontentni emas, uning ortidagi tizimlar va mantiqni ham örganiş, texnik tomonlarini yaxşiroq tuşunişga qaror qildim. Birinçi kunlardanoq bu yerda öqiş juda jiddiy ekani ma’lum böldi.
Harbin Institute of Technology (Shenzhen campus) universitetidagi auditoriyalar
Öqituvçilar darhol ogohlantirişdi. Imtihondan öta olmadingmi – demak, tayyorgarlik körmagansan. Bu yerda hamma özi uçun javob beradi.
Maşğulotlar ma’ruza şaklida ötkaziladi va har bir darsda maksimal darajada e’tiborli böliş kerak — öqituvçi materialni faqat bir marta tuşuntiradi, qolgani esa özingga boğliq. Har ikki haftada barça uy vazifalarini topşiriş kerak va bu imtihonlarga qöyilişingga ta’sir qiladi. Asosiy fanlardan taşqari, xitoy tili va Xitoyda texnologiyalarni modernizatsiya qiliş tarixi ham öqitiladi. Köpinça bu fanlar böyiça kompaniyalar, laboratoriyalar va texnoparklarga ekskursiyaga olib borişadi. Bular şunçaki tanişuv sayohatlari emas: talabalar u yerda stajirovka ötaşi yoki qöşma loyihalarda qatnaşişi mumkin.
Öqituvçilar xorijlik talabalarga hurmat bilan munosabatda bölişai, lekin yengillik berişmaydi. Biz xitoyliklar guruhlaridan alohida öqiymiz va boşidayoq har birimiz özimiz uçun javobgar ekanligimizni eslatişdi.
Yuklamalarga çidasa böladi, lekin katta kurs talabalarining ogohlantirişiça, keyinçalik hamma narsa qiyinlaşib boradi, köproq loyihaviy vazifalar, jamoaviy işlar va imtihonlar böladi. Muhimi, faqat nazariyani biliş emas, uni haqiqiy işlarda qöllay olişdir. Universitet sportdan tortib san’at va texnologiyalargaça önlab tögaraklarni taklif etadi.
Universitetda oşpazlik, orkestr, xor, har qanday musiqiy asbobni çaliş imkonini beradigan musiqiy tögaraklar bor. ITga qiziqqanlar uçun dasturlaş va robototexnika, madaniyatni yaxşi köruvçilar uçun esa hatto kospley tögaragi ham mavjud.
Universitetda talabalar uçun maksimal qulaylik yaratilgan: katta sport zallari, basseyn, voleybol va basketbol maydonlari. Talabalar uçun hammasi bepul, ilova orqali röyxatdan ötilsa böldi.
kampusdagi kutubxona va basseyn
voleybol tögaragi
Bunday joylarda boşqa talabalar bilan tanişiş, til amaliyoti bilan şuğullaniş, şunçaki öqişdan çalğiş mumkin.
Kampusdagi hayot
Öqiş boşlanişidan bir oy oldin universitet yotoqxona tanlaşni taklif qildi.
Men korpuslardan sal uzoqroqda joylaşgan uç kişilik xonani tanladim, u yer tinç, ta’miri yaxşi va 8-qavatdan çiroyli manzara körinib turadi.
yotoqxonadagi uç kişilik xona
Bir semestr uçun 500 yuan tölayman. Bu taxminan 70 dollar. Xona şinam, yonimizda uyğur oşxonasi, dökon va dorixona bor.
territoriya universiteta Harbin Institute of Technology (Shenzhen campus)
Kommunal tölovlar har safar har xil böladi. Agar konditsionerdan foydalanmasangiz, unçalik qimmat bölmaydi. Har bir xonada issiq suv uçun alohida karta bor — terminalga qöysangiz, suvdan foydalanişingiz soniyasiga hisoblanadi.
Yaşaş va tölov
Mamlakatda hamma narsa QR-kodlar atrofida taşkil etilgan — qahva xarid qilişdan to metro tölovigaça. Hatto kiçik qahvaxonalarda ham kassa yöq: har bir stolda QR-kod bor, uni skanerlaysiz, taomni tanlaysiz, pulini tölaysiz va bir neça daqiqadan söng buyurtmangiz stol ustida böladi.
Naqd pul deyarli işlatilmaydi, şuning uçun WeChat Pay yoki Alipaysiz hayot keçirib bölmaydi. Taksi çaqirişdan tortib oziq-ovqat yetkazişgaça – hamma narsa WeChat orqali amalga oşiriladi. Dökonga borişga erinsangiz, ilova orqali buyurtma berasiz, kurer bir soat içida buyurtmangizni olib keladi. Har bir buyurtma yetkazib beriş suratga olinadi.
Kampusda xitoy, uyğur, yevropaça oşxonalar bor. Yotoqxonada ovqat tayyorlaş taqiqlangan: plita va elektr jihozlar işlatiş mumkin emas.
AliPay ilovasida tölaş uçun QR kod
Xitoy oşxonasi turli-tuman, lekin unga könikiş oson emas. Men haligaça özbek taomlariga yaqin bölgan lağmon, çuçvara, xamirli ördak göşti yeyman. Ba’zan yevropaça qahvaxonalardan burger yoki salat buyurtma qilaman.
Ovqatlanişga oyiga 250–300 dollar atrofida pul ketadi, lekin kampus oşxonalarida 10–15 yuanga (1,5–2 $) tölaqonli tuşlik qiliş mumkin. Eng qimmati - universitetdan taşqaridagi oşxonalar va yetkazib beriş xizmatlari.
Şuningdek, deyarli barça mayda-çuydalar: kiyim, texnika, kanselyariya buyumlarini Pinduoduo orqali buyurtma qilaman. Bunga oyiga maksimum 100–150 dollar ketadi. Marketpleyslardagi narxlar oflayn dökonlarga nisbatan arzonroq, şu bois köpçilik talabalar hamma narsani onlayn xarid qiladi.
Pinduoduo ilovasi
Salomatlik va xavfsizlik
Öqiş boşlanişidan oldin barça xorijiy talabalarga tibbiy suğurta rasmiylaştiriladi, busiz talabalik kartasini oliş mumkin emas. Bu suğurta universitet klinikasidagi qabullar va şoşilinç yordamni qoplaydi. Jiddiy tekşiruvlar yoki xususiy markazlarda davolanişga alohida tölanadi, lekin talabalar uçun narx qimmat emas.
Hozirça şifokorga işim tuşmadi, lekin talabalar uçun kampusda öz klinikasi borligini bilaman. Zarur bölsa, şifokor qabuliga onlayn yoziliş yoki qabul soatlarida navbatsiz ham murojaat qiliş mumkin.
Xitoy xavfsizlikka katta e’tibor qaratadi va bu birinçi kundanoq seziladi.
Universitet hududi va uning taşqarisida hamma joyda kameralar bor — yotoqxonaga kirişdan tortib yaqin-atrofdagi köçalargaça. Mamlakatda hamma narsa qoidalar böyiça işlaydi va qoidabuzarliklar deyarli uçramaydi. Bu, ehtimol, men bölgan eng xavfsiz mamlakatlardan biri bölsa kerak. Hatto keçasi ham köçada bemalol yuriş mumkin. Sizga heç kim teginmaydi yoki ortiqça qaramaydi, hamma öz işi bilan maşğul. Bunday xavfsizlik hissi e’tiborni öqişga qaratişga yordam beradi, doim qandaydir kutilmagan voqea röy berişini öylab yurmaysiz. Xitoyda tartib qattiqqöllik emas, balki madaniyatning bir qismi sifatida qabul qilinadi: bu yerda qoidalarga rioya qiliş odatiy hol.
Xitoyda öqişga ketadigan xarajatlar (agentlik xizmatisiz)
Xitoyda öqimoqçi bölganlarga maslahatlar
Safarga çiqişdan oldin heç bölmaganda bazaviy xitoy tilini örganib olgan ma’qul — bu hayotingizni ança yengillaştiradi. Köpçilik öqituvçi va xodimlar faqat xitoyça gaplaşadi va oddiy iboralarni biliş birinçi kunlarda adaşib qolmaslikka yordam beradi. Heç bölmaganda asosiy narsalarni bilsangiz, moslaşiş jarayoni ança oson keçadi.
Xorijlik talabalarga iliq munosabatda bölişadi. Döstlarim turli mamlakatlardan: arablar, bangladeşliklar, möğullar. Barçasi samimiy, heç kim heç kimni ayirmaydi. Mening xonadoşim ham xorijlik. Albatta, mayda-çuyda muammolar bölib turadi, lekin barçasini suhbat orqali hal qilamiz.
Xitoy xorijlik talabalarni sevadi, lekin uning qonunlarini hurmat qilişlarini talab qiladi.
Xitoyda yaşaş nima berdi
Xitoy meni mas’uliyatli bölişga örgatdi. Men har qanday muammoni mustaqil hal qiliş nima ekanligini angladim. Dastlabki kunlarim qiyin böldi, lekin hozir özimni uydagidek his qilyapman.
Öqişni bitirganimdan keyin ham stajirovka ötaş va mahalliy IT-kompaniyalarda tajriba töplaş uçun Xitoyda qolişim mumkinligini istisno qilmayman. Hozirça esa yölning boşida turibman. Ösişni va bir joyda turib qolmaslikni istayman.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi