Turkiyaning Istanbul şahri Boş prokuraturasi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu, sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallan va yana 35 nafar isroillik siyosiy va harbiy arboblarni hibsga oliş uçun order berganini e’lon qildi. Tegişli bayonot prokuratura tomonidan 7 noyabr kuni X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilindi.

Prokuratura töplangan dalillar «genotsid» va «insonga qarşi jinoyatlar» alomatlaridan dalolat berişini ta’kidlamoqda.

Bayonotda Ğazoning tinç aholisiga hujumlar, gumanitar yölaklarning blokadasi, şifoxonalarga zarbalar, şuningdek, xalqaro suvlarda Sumud gumanitar flotiliyasiga hujum qayd etilgan.

37 nafar ayblanuvçi orasida Netanyahu va Gallandan taşqari, Itsxak Hersog (Isroil prezidenti), Beni Gans, Itamar Ben-Gvir, Eyyal Zamir, David Salama va boşqa yuqori martabali şaxslar bor.

Qayd qilinişiça, prokuratura iltimosiga köra, navbatçi sud uşbu şaxslarni hibsga oliş uçun order beriş töğrisida qaror çiqardi.

«Turkiya Falastin xalqiga qarşi insoniyatga qarşi jinoyatlarda aybdor bölganlarning barçasini javobgarlikka tortiş uçun xalqaro huquq tamoyillari doirasida harakat qiladi. Tergov puxta va har tomonlama davom etmoqda», deyiladi prokuratura bayonotida.

Ta’kidlaş joiz, uşbu order Turkiya yurisdiksiyasi doirasida kuçga ega va xalqaro hujjat hisoblanmaydi. Şunga qaramay, u Turkiyaning Ğazodagi voqealarga munosabatini aks ettiradi va Isroilga nisbatan diplomatik bosimni kuçaytiradi.