Pakston sözlariga köra, Roblox özini bolalar uçun xavfsiz raqamli makon sifatida reklama qilmoqda, biroq «aslida yirtqiçlar köpayadigan joyga aylangan».

«Biz Roblox kabi platformalarning pedofillar uçun raqamli maydonça bölib qolişiga yöl qöya olmaymiz, u yerda bolalarimizning farovonligi korporativ oçközlik qurboniga aylanadi. Roblox bolalarni ekran ortiga yaşiringan kasal va buzuq odamlardan himoya qiliş uçun köproq harakat qilişi kerak», dedi boş prokuror.

Roblox rasmiylarning da’vo qözğatiş qaroridan qattiq hafsalasi pir bölganini aytdi va ayblovlarni «çalğituvçi va şov-şuvli» deb atadi.

«Biz boş prokuror Pakstonning bolalar onlayn xavfsizligiga bölgan intilişini qöllab-quvvatlaymiz. Aynan şuning uçun biz foydalanuvçilarni himoya qiliş va buzğunçilarni bloklaş uçun sohadagi eng qat’iy qoidalarni joriy etmoqdamiz. Biz huquq-tartibot idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilamiz va xavfsizlik tizimlariga sarmoya kiritamiz», deyiladi kompaniya xabarida.

Ta’kidlanişiça, platformada şaxsiy ma’lumotlar almaşinuvini bloklovçi filtrlar mavjud, minglab moderatorlar 24 soat davomida postlar, rasmlar, audio va videolarni kuzatib boradi. Joriy yilda kompaniya 145 dan ortiq yangi xavfsizlik çoralarini joriy etdi, şuningdek, kattalarning voyaga yetmaganlar bilan muloqotini çeklaş uçun foydalanuvçilarning yoşini baholaş texnologiyasini tayyorlamoqda.

Avvalroq Roblox platformasiga qarşi xuddi şunday da’volar Luiziana va Kentukki boş prokurorlari tomonidan berilgan bölib, kompaniya bolalarni jinoyatçilardan yetarliça himoya qilmayotgani da’vo qilingandi.

Roblox - bu foydalanuvçilar öyinlar yaratişi va öynaşi, şuningdek, bir-biri bilan muloqot qilişi mumkin bölgan onlayn platforma. Kompaniya ma’lumotlariga köra, har çorakda platformada 151,5 millionga yaqin foydalanuvçi faol iştirok etib, u yerda deyarli 40 milliard soat vaqt ötkazadi.

Roblox'da bepul öynaş mumkin, ammo platforma öz valutasi Robux orqali öyin içidagi xaridlarni taklif qiladi.