Sirdaryoda narkolaboratoriya, Namanganda esa narkosavdogarlar faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Guliston şahrida yaşovçi 30 yoşli şaxs va uning 29 yoşli turmuş örtoği 1995 yilda tuğilgan fuqaro bilan kelişgan holda, uning xonadonida sintetik narkotik moddalar tayyorlab, “zakladka” tarzida mijozlarga yetkazib beriş bilan şuğullanişgan. Uşbu narkolaboratoriyadan 4 kg 373 gr mefedron sintetik giyohvand vositasi, elektron tarozi, mikser, protivogaz, zip-paket va qadoqlaşda işlatiladigan boşqa buyumlar aşyoviy dalil sifatida olingan.
Oğufuruşlar bu yerda MDH davlatlari böylab internet tarmoğida sintetik narkotiklar sotiş bilan şuğullanuvçi jinoiy guruh tomonidan xorijdan yuborilgan xomaşyolardan foydalanib, giyohvand vositalari tayyorlaşgan.
Hozirda mazkur 3 nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Çegara qöşinlari, viloyat Içki işlar boşqarmasi hamda Bojxona boşqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Uçqörğon tumanida yaşovçi 50 yoşli şaxs “özbek-qirğiz” davlat çegarasining Uyçi tumani Yangiyer mahallasi hududidan ötuvçi qismi orqali Qirğizistondan Özbekistonga qonunga xilof ravişda kirib kelgan vaqtida töxtatib qolingan.
Uşbu şaxs tekşirilganida uning yonida bölgan sumka içida 9 kg 702 gr gaşiş moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi va 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Yana bir holatda esa Namangan şahrida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan fuqaro Qirğizistondan aylanma yöllar orqali Yangiqörğon tumani hududiga kontrabanda qilingan, taxminiy qiymati 3,2 mlrd sömdan ortiq bölgan 24 122 dona “Regapen” va 4880 dona “Tropikamid” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari, 45 turdagi jami 61 287 dona kontrafakt dorilarni qabul qilib olib, ketmoqçi bölgan vaqtida uşlangan.
Şundan söng, uşbu dori vositalarini buyurtma qilgan şaxslar va kurerlarni aniqlaş yuzasidan tezkor tadbir davom ettirilgan. Natijada Namangan şahri va Kosonsoy tumanida yaşovçi 5 nafar fuqaro aniqlanib, ular xaqiqatan ham kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari va kontrafakt dorilarni Toşkent şahri hamda Farğona vodiysi viloyatlarida sotiş bilan şuğullanişlari ma’lum bölgan.












