Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qöllab-quvvatlaş çoralari töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Hujjatga asosan, 2026 yildan boşlab davlat tibbiyot muassasalari xodimlari Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Tibbiyot muassasalarining moddiy rağbatlantiriş va rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan har yili mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorida rağbatlantiriladi. Bu miqdor hozirda 1 mln 271 ming sömga teng.

Bayram munosabati bilan «Eng yaxşi şifokor», «Eng yaxşi şifoxona», «Eng yaxşi tuman (şahar) soğliqni saqlaş organi rahbari», «Eng yaxşi oilaviy poliklinika rahbari», «Eng yaxşi tuman (şahar) şifokori», «Eng yaxşi tuman (şahar) örta tibbiyot xodimi», «Eng yaxşi oilaviy poliklinika», «Eng yaxşi tuman (şahar) şifoxonasi» va «Eng yaxşi hududiy şifoxona» kabi nominatsiyalar ötkaziş yölga qöyiladi.

Tanlov natijalari asosida ğolib tibbiyot muassasalariga – 500 million söm, tibbiyot va rahbar xodimlarga – 30 million söm miqdorida bir martalik pul mukofotlari beriladi.

2026 yil 1 apreldan boşlab davlat tibbiyot muassasalarining iş vaqti rejimi beş kunlik iş haftasiga ötkaziladi. Bunda tibbiyot muassasalari iş faoliyatining uzluksizligini ta’minlaş uçun bayram va dam oliş kunlari navbatçilik asosida işlaş yölga qöyiladi.

Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan davlat tibbiyot muassasalarida tuman (şahar) darajasida yangi davolaş usullarini joriy qilgan va uning ijobiy samarasiga erişgan şifokorlarga BHMning 50 baravari (bugungi kunda 20 mln 600 ming söm) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil iş stajiga ega bölgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliygohlarda bakalavriat ta’lim yönalişi böyiça yillik kontrakt summasining 30 foizi (BHMning 15 baravaridan oşmaydigan qismi – bugungi kunda 6 mln 180 ming söm) qoplab beriladi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining xalqaro ilmiy-texnik jurnallarda maqolalarni çop etiş bilan boğliq xarajatlari davlat budjetidan töliq qoplanadi.

Har yili 15 yil iş stajiga ega 500 nafar tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning 25 foiz dastlabki badali tölab beriladi.

2026 yil 1 yanvardan boşlab Milliy akkreditatsiyadan ötgan xodimlarga lavozim maoşining 10 foizi miqdorida oylik ustama tölanadi.