Qatarda 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi FIFA jahon çempionatida guruh bosqiçi öyinlari yakunlandi.
Özbekiston U17 terma jamoasi J guruhida ikkinçi örin bilan pley-off bosqiçiga yöl oldi.
Endi boş murabbiy Islom Ismoilov şogirdlariga 1/16 finalda Xorvatiya U17 terma jamoasi raqib böladi. Öyin 14 yoki 15 noyabr kuni ötkaziladi, aniq sana keyinroq ma’lum böladi.
Xorvatiya U17 terma jamoasi C guruhida iştirok etib, Senegal bilan 0:0 hisobini qayd etgan. Şuningdek, BAA (3:0) va Kosta-Rikani (3:1) yengib, ikkinçi örin bilan pley-offga çiqqan.












