U-17 Jahon çempionati. 1/16 final
Xorvatiya U-17 - Özbekiston U-17 1:1
Gollar: Sadriddin Hasanov (Sayfiddin Sodiqov) 24 (0:1), Tino Kusanoviç 80, 1:1
Penaltilar seriyasi: 3:4
Özbekiston: Ibrohim Şokirov (Ne’matulloh Rustamjonov, 87), Muhammad Hakimov, Möminxon Baxodirxonov (s), Sadriddin Hasanov, Nurbek Sarsenbayev (Asilbek Aliyev, 60), Sayfiddin Sodiqov, Abdumalik Anvarov (Behruz Saidmurodov, 87), Muhammadali Musaxanov, Azizbek Abdumöminov, Abubakir Şukurullayev (Muhammad Habibullayev, 77), 19. Azizbek Erimbetov
Xorvatiya U-17: Matey Graxovaç, Petar Kostelaç, Leon Jakiroviç, Raul Kumar, Karlo Paysar, Kresmir Rados (Niko Xorvat, 46), Pavle Smilaniç, Tino Kusanoviç, Patrik Xorvat, Dujye Slişkoviç (Roko Vojdoviç, 46), Jona Benkotiç (Andriya Burçar, 46)
Futbol böyiça Özbekiston ösmirlar jamoasi Qatarda ötayotgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionatining 1/16 finalida Xorvatiya ustidan ğalaba qozondi. 15 noyabr kuni bölib ötgan uçraşuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi.
Uçraşuvning 24-daqiqasida Özbekiston vakillari hisobni oçdi — öng qanotdan oşirilgan töpni Sadriddin Hasanov boşi bilan darvozaga aniq yölladi.
Jamoa himoyada tartibli harakat qildi, biroq 80-daqiqada jarima maydoni içida xatoga yöl qöydi va Tino Kusanoviç vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni tenglaştirdi.
Boş murabbiy Ismoil Ismoilov şundan keyin penaltilar seriyasiga tayyorgarlik körişni boşladi va 87-daqiqada darvozabonni almaştirişga qaror qildi: Ibrohim Şokirov örniga Ne’matullo Rustamjonov maydonga tuşdi.
Xorvatiyaliklar ğalabani ilib ketiş uçun imkoniyatlarga ega böldi, ammo hisob özgarmay qoldi.
Penaltilar seriyasida esa darvozabon Rustamjonov işonçni oqladi va özbekistonliklar 4:3 hisobida ğalaba qozondi.
Şu tariqa, Özbekiston ösmirlari 1/8 finalga yöl oldi, bu bosqiçda Italiya ösmirlariga qarşi öyin 18 noyabr kuni bölib ötadi.












