Toşkentda qurilişga ruxsat oliş uçun loyiha-smeta hujjatlarini topşiriş jarayoni şahar boş rejasi talablari bilan integratsiya qilindi.

YaIDXP xabariga köra, endilikda buyurtmaçilar my.gov.uz portali orqali Toşkent şahri böyiça loyiha-smeta hujjatlarini kelişiş uçun ariza yuborayotganda quyidagi ma’lumotlarni ham kiritişlari lozim:

  • binolar soni;
  • qavatlar soni;
  • quriliş maydoni;
  • umumiy maydon.

Kiritilgan ma’lumotlar inson omilisiz, “Şaffof quriliş” tizimi orqali Toşkent şahrining boş rejasidagi şaharsozlik me’yorlari bilan avtomatik tarzda soliştiriladi.

Agar körsatkiçlar Toşkent şahrining boş rejasi talablariga mos kelsa, ariza keyingi bosqiçga ötadi. Aksinça bölsa, ariza yuborilmaydi va bu haqda foydalanuvçiga xabar beriladi.