14 noyabr kuni Kaşmirning Hindiston nazoratidagi hududida politsiya bölimida musodara qilingan portlovçi moddalar uyumi portlab ketdi. AP naşrining yozişiça, natijada kamida töqqiz kişi halok böldi va 32 kişi yaralandi.

Mahalliy politsiyaga köra, voqea juma kuni keçqurun Hindiston nazoratidagi Srinagarning janubida — Novgam hududidagi politsiya bölimida sodir bölgan.

Foto: Reuters

Halok bölganlarning aksariyati politsiyaçilar bölib, ular orasida portlovçi moddalarni tekşirib körayotgan sud-tibbiy ekspertlar ham bor edi, dedi ismini oşkor qilmaslikni söragan Reuters manbalari. Yaralanganlarning ba’zilari oğir ahvolda.

«Jasadlarni aniqlaş jarayoni davom etmoqda, çunki ayrimlari butunlay kuyib ketgan. Portlaş şunçalik kuçli bölganki, ba’zi tana qismlari politsiya bölimidan 100–200 metr naridagi uylar içidan topildi», degan naşr manbasi.

Hindistonning federal boşqaruvidagi Jammu va Kaşmir mintaqasi politsiya boşliği tez orada uşbu hodisa yuzasidan ma’lumot berişi kutilmoqda.

Avvalroq mahalliy politsiya Novgam politsiya bölimida portlaş yuz berganini aytgan edi. Rasmiyning sözlariga köra, yonğin butun majmua böylab tarqalgan va yonğin öçiriş maşinalari hodisa joyiga yetib borgan.

Bu portlaş Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida sodir bölgan avtomobil portlaşidan 4 kun ötib yuz berdi. Kamida sakkiz kişi halok bölgan uşbu fojiani Hindiston hukumati «terrorizm hodisasi» deb atagan edi.