2025 yilning 16 noyabr kuni soat 20:00 holatiga atmosfera havosi ifloslanişi monitoringi böyiça avtomatik stansiyalar ma’lumotlariga köra, Toşkent şahridagi havo sifati keskin yomonlaşgani qayd etildi.
Ma’lumotlarga köra:
- PM10 mayda dispersli zarraçalar miqdori 373 mkg/m³ni taşkil etdi, bu röyxatdan ötkazilgan ruxsat etilgan me’yor (REM – 300 mkg/m³)dan 1,2 marta yuqori;
- PM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori 202 mkg/m³ga yetdi, bu esa REM (60 mkg/m³)dan 3,4 marta oşgan.
Ifloslantiruvçi moddalar miqdori belgilangan ruxsat etilgan me’yorlar bilan soliştirib baholangan.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, körsatkiçlarning keskin oşişiga haroratning özgarişi ham ta’sir körsatgan. Harorat keskin özgarişi inversiya jarayonini keltirib çiqaradi, bu esa mayda zarraçalarning pastki havo qatlamlarida töplanişiga va atmosfera havosida ularning konsentratsiyasi oşib borişiga sabab böladi.
Ogohlantiriş: ma’lum qilinişiça, bunday ob-havo va atmosfera şaroiti respublika böylab bir neça kun davomida saqlanib qolişi mumkin. Şu munosabat bilan aholi va poytaxtga kelgan mehmonlarga quyidagi tavsiyalar berilmoqda:
- oçiq havodagi jismoniy faollikni imkon qadar qisqartiriş;
- taşqariga çiqqanda, ayniqsa, yöl yoqalarida va tiğiz joylarda niqob (maska) taqiş;
- bolalar, keksalar, yurak-qon tomir yoki nafas yöllari kasalliklari bor şaxslarning havo iflosligi yuqori bölgan paytlarda köçada uzoq vaqt yurişini çeklaş.
Mutaxassislar bunday şaroitda, ayniqsa, ertalab va keçki paytlarda, havo harakati sustlaşganda zarraçalar konsentratsiyasi yuqoriroq bölişi mumkinligini qayd etib, aholidan havo sifati böyiça rasmiy axborot va tavsiyalarga amal qilişni söramoqda.












