Samarqand viloyatida elektr energiyasi taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va xususiy şerik boşqaruviga beriş loyihasining xalqaro tenderida Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi ğolib deb topildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
«Davlat-xususiy şeriklik orqali xususiy kapitalni mobilizatsiya qiliş» mavzusidagi davra suhbati doirasida Aksa Enerji'ga ğoliblik taqdimnomasi topşirildi.
Kompaniya Samarqand viloyatidagi elektr taqsimlaş tarmoqlarini 30 yilgaça muddat davomida boşqariş huquqini va tarmoqlar modernizatsiyasi uçun investitsiya kiritiş majburiyatini oladi.
Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligiga köra, mazkur tenderning yakuniy bosqiçida “AKSA Elektrik Perakende Satış A.Ş” kompaniyasidan taşqaridan, yana ikkita da’vogar: “Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.Ş” hamda "EDF Power Solutions International SAS" va "The Kansai Electric Power Co., Inc." kompaniyalari konsorsiumi ham iştirok etgan.
Aksa Enerji Özbekistonda bir qança loyihalarni amalga oşirgan. Jumladan, 2022 yil yanvarida ikkita: Buxoro viloyatida 270 MW quvvatli, Toşkent viloyatida 240 MW quvvatli issiqlik elektr stansiyalarini işga tuşirgan.
Kompaniya 1960 yilda taşkil etilgan Kazanci Holding tarkibiga kiradi. Holding energetikadan taşqari, qişloq xöjaligi va turizm sohalarida ham loyihalarni amalga oşiradi. Aksa Enerji Turkiya, Gana, Madagaskar, Mali va Kongo kabi mamlakatlarda ham elektr stansiyalari loyihalarini amalga oşirmoqda.
- Eslatib ötamiz, Davlat-xususiy şeriklik dasturiga köra, 2027 yil 1 iyulgaça barça hududlardagi taqsimlovçi elektr tarmoqlarini xususiy operatorlarga ötkaziş böyiça şartnomalar imzolanişi kerak.
- 2027 yil yakuniga qadar, barça hududlardagi tabiiy gaz taqsimlaş tarmoqlarini xususiy operatorlarga topşirişni nazarda tutuvçi şartnomalar tuzilişi ham közda tutilgan.













