Dunyo sanoati yangi resurslardan kuç olayotgan bir davrda, volfram global iqtisodiyotning “energiya valutaci” sifatida qadr topmoqda. Volfram energetika, yaşil texnologiyalar, maşinasozlik, aviatsiya, avtomobil, kimyo sanoati, kosmik texnologiyalar uçun ahamiyati yuqori bölgan strategik kelajak metalli. Hozirda prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) volfram sohasida ilğor texnologiyalar va integratsiyalaşgan işlab çiqariş modellari orqali mamlakatni global volfram maydonida işonçli hamkor sifatida pozitsiyalaşga yönaltirilgan kompleks loyihalarni amalga oşirmoqda. Bu haqda TMK matbuot xizmati xabar qildi.

Xususan, joriy yilda TMK Markaziy Osiyo böyiça Xalqaro Volfram assotsiatsiyasiga tölaqonli a’zo bölgan ilk kombinatga aylandi. Bu a’zolik jahon miqyosidagi yetakçi işlab çiqaruvçilar va ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik örnatiş, zamonaviy texnologik tendensiyalar hamda xalqaro standartlardan foydalaniş imkonini berdi.

TMK bugun volfram zanjirining barça – upstream, midstream va downstream bosqiçlarida faol iş olib bormoqda.
Upstream bosqiçi doirasida TMK Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylaşgan Sariköl volfram konini oçiş, Kattaqörğon şahridagi Ingiçka konida texnogen çiqindilarni qayta işlaş jarayonlarini jadallaştiriş, şuningdek, Navoiy viloyati Uçquduq tumanidagi Sautbay maydonida geologik-qidiruv işlarini amalga oşirmoqda. TMK volfram konsentratlarini boyitiş va qayta işlaşni yölga qöyiş böyiça ham xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oşirmoqda.

Jumladan, Sariköl volfram konini özlaştiriş loyihasi TMK tomonidan amalga oşirilayotgan noyob va ustuvor jarayon bölib, umumiy sanoat zaxiralari istiqbolli maydonlar bilan 30 ming tonna volfram metallini taşkil etadi. Işlab çiqariş majmuasi yiliga 1 million tonnagaça rudani qayta işlaş quvvatiga ega böladi. Natijada 65 foizli xalqaro sifat standartlariga töliq javob beruvçi volfram konsentrati olinadi. Yillik işlab çiqariş hajmi 4 ming tonna. Istiqbolli maydonlarni inobatga olgan holda konning işlaş muddati 20 yilgaça baholanmoqda. Loyiha doirasida 400 nafardan ortiq mutaxassis va mahalliy aholi vakillari barqaror iş örni bilan ta’minlanişi közda tutilgan. Ya’ni TMK öz loyihalari orqali inson kapitali, iş örinlari va mahalliy rivojlanişga investitsiya kiritişni ham maqsad qilgan.












