Mirzo Uluğbek tumanida “System Metall Stroy”ning “Prestige” loyihasi muammolar botqoğiga botib qolgan. Quruvçi taşkilot bankrotlik yoqasida, uning egalari esa qamoqda, qurilişi çala qolgan uyning özi kredit uçun garovda – muammolar şu qadar köp va çalkaşib ketganki, jabrlanuvçilar qayerdan najot izlaşni ham bilmay sarson.
Bundan 7-8 yil avval “snos” masalalari avj olib, odamlar buzilgan uylari uçun pul ololmay sarson qilingan bölsa, bugun yangi uylarga pul tölab qöyib, na uyni va na pulini qaytarib ololmay yurgan odamlarning oh-vohlari tarmoqlarni tutmoqda.
Ana şunday muammolardan yana biri Mirzo Uluğbek tumanida böy körsatmoqda. “System Metall Stroy” MÇJning “Prestige” loyihasiga tölov qilgan fuqarolarning sabr kosasi tölgan, çunki quriliş çala qolgan, quruvçilar esa qamoqda.
Şu uyga tölov qilgan fuqaro Gözal Ernazarova quriliş bitmagan df quruvçilarga nisbatan jinoiy iş oçilgan bir pallada, uy garovga qöyilib katta miqdorda kredit olinganini aytdi:
“2021 yilda Mirzo Uluğbek tumanidagi Quva-9 köçasidagi köp qavatli uy uçun oxirgi pulimizni tölaganmiz. Biz oddiy xalqmiz. Lekin mana yaqinda 2026 yil keladi, hali-hanuz uyimiz yöq.
Hozirgi kunda bizning işimiz sudda ham, Boş prokuraturada ham, Içki işlar vazirligida ham yöq. Qayta-qayta savollar bilan çiqyapmiz işimizni sörab. (2025 yil) 18 avgust kuni ayblov xulosasi e’lon qilingan, tergov tugatilgan, vazirlikka borib imzolaganmiz. Lekin öşandan beri haligaça iş sudga çiqqani yöq. Quruvçilar 2024 yil 15 avgustda Infinbank Uçtepa filialidan 2,5 mlrd söm kredit olişgan. U kreditlarni bizning uyimizni bitiriş uçun işlatişmagan. Taqiqda turgan uyni garov sifatida olgan holda çiqarilgan kredit va buni bergan mutasaddilarning harakatlarida heç qanday jinoyat alomatlari yöq emiş. 91 mlrdlik uyni 2,5 mlrd evaziga garovga qöyib, heç kimning roziligisiz kredit olişgan”.
Murojaatçilarga köra, ular tergov jarayonlarida ham bu kredit sabab qöyilgan taqiq haqida biror marta ogohlantirilmagan.
Ayni vaziyatda sanatsiya qöllangan. Sanatsiya – bu kompaniyaning faoliyatini tiklab, işni oxiriga yetkazişga qaratilgan huquqiy jarayon. U orqali sud tomonidan tayinlangan muvaqqat boşqaruvçi quriliş jarayonini nazorat qiladi. Ya’ni mijozlar manfaati uçun loyihaning yakunlanişiga imkon berilgan. Ular öz hisoblaridan qurilişni bitkaziş niyatida. Lekin bunga uyga qöyilgan taqiq tösqinlik qilyapti.












