Rossiyaning Ob daryosidan Orolga suv tortish mavzusi rus ilmiy doiralarida faol muhokama qilinmoqda. Kun.uz gaplashgan suv va iqlim masalalari bo‘yicha ekspertlarga ko‘ra, bu juda qimmat va tub mohiyatida geosiyosat yotgan tashabbus. 2,100 kilometrga suv tortish amaliyotini dunyoda hali hech kim qilmagan va bu tavakkalchilik. Loyihaga ehtiros bilan yondashmaslik kerak, deydi mutaxassislar.

Rossiya Fanlar akademiyasining qator ilmiy xodimlari yaqinda o‘tkazgan kengashida Ob daryosining suvini O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi qurigan Orol dengizi tomon burish tashabbusini ilgari surdi. Bundan tashqari, Pechora va Shimoliy Dvina daryolari suvini Azov daryosiga chiqarib, Volgaga burish loyihasi ham bor. Mutaxassislar fikricha, bu Rossiya va Markaziy Osiyodagi suv balansini optimallashtirishi kerak. 

Tashabbuschilar hisob-kitobiga ko‘ra, loyiha 100 mlrd dollardan oshishi va yetti bosqichli quvur qurilishi bilan amalga oshishi mumkin. Lekin buning uchun ilmiy asoslar kerak va olimlar Rossiyadan bu mavzudagi ishlarni moliyalashtirishni so‘ramoqchi. 

Kun.uz suhbatlashgan suv va iqlim masalalari bo‘yicha ekspert Nozim Hasanovga ko‘ra, bu loyihaga katta ehtiros bilan yondashmaslik kerak. 

Men to‘laqonli bu loyihani rad etish yoki ehtiros bilan qabul qilishga qarshiman. Davlatimiz iloji boricha buni zaxirada ushlashi kerak”, deydi mutaxassis. 

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov fikricha esa bu tashabbus – afsona, amalga oshmaydigan ish. 

Juda katta pul resursi, 2,100 kilometrda bunaqangi suvni bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chirish loyihasi hali dunyoda qilinmagan”, deydi Abdulahatov. 

Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, Ob daryosi suvi burilgani bilan Orol fojiasi ijobiy tomonga o‘tmaydi. Chunki jami bo‘lib 5 kub kilometr suv beriladi va bu O‘zbekiston ehtiyoji oldida juda kichkina miqdor, Orolni to‘ldirishga ham yetmaydi. 

Jamiyatshunos, etnopsixolog Mahmud Yo‘ldoshevning aytishicha, bunday loyihalarning ostida geosiyosat yotadi. 

Bu hazilakam ish emas, katta xarajat va uning ortidan katta siyosat yotibdi. Rossiya Markaziy Osiyodan uzilib bormoqda, boshqa richaglari qolmagach endi xuddi shunga o‘xshagan loyihalarni o‘ylab topishmoqda. Buni qabul qilib bo‘lmaydi”,