Keça, 21 noyabr kuni Jizzax viloyati FVBga 112 yagona favqulodda holatlar xizmati raqami orqali Paxtakor tumani hududidan oqib ötuvçi «Janubiy Mirzaçöl» kanaliga «Matiz» rusumli avtomobil tuşib ketgani töğrisida xabar kelib tuşgan.

Xabar asosida körsatilgan manzilga yetib borgan FVV qutqaruvçilari maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlaridan foydalangan holda avtomobilni kanaldan çiqarib olgan.

Ma’lumotlarga köra, avtomobil masofadan öt oldiriş jarayonida özi yurib ketgan va natijada kanalga tuşib ketgan. Hodisa vaqtda salonda heç kim bölmagan, şu bois tan jarohati olganlar qayd etilmagan.