Prezidentning «Aholiga muddatli tölov xizmatlari körsatilişini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga köra, muddatli tölov xizmatlarini körsatiş şartnomalari bir qator talablarga muvofiq bölişi lozim.
Xususan, muddatli tölov xizmati ob’yektining qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining 250 baravaridan oşmasligi belgilandi.
Şuningdek, şartnomada muddatli tölov xizmati operatorining komissiya (ustama) tölovlari hamda tovar, iş yoki xizmatning yakuniy qiymatiga kiritiladigan boşqa tölovlar alohida körsatilişi şart.
Muddatli tölov xizmati böyiça asosiy qarzdan taşqari barça tölovlar, jumladan, vositaçilik haqlari, neustoyka, jarima, penya va boşqa javobgarlik çoralarining umumiy miqdori yiliga muddatli tölov miqdorining yarmidan köp bölişi mumkin emas.
Iste’molçi muddatli tölov summasini istalgan vaqtda töliq yoki qisman qöşimça jarima, penya va komissiyalarsiz muddatidan oldin söndiriş huquqiga ega böladi.
Bundan taşqari, muddatli tölov xizmatini körsatiş şartnomasi böyiça iste’molçi majburiyatining eng köp muddati şartnoma tuzilgan kundan boşlab 12 oy etib belgilandi.
Şu bilan birga, 2027-yil 1-yanvardan qiymati BHMning 3 baravarigaça bölgan tovar iste’mol krediti şartnomalari va ularning ijro etilişi holati haqidagi ma’lumotlarni kredit byurolariga taqdim etiş talab qilinmaydi.











