OAVlarga köra göyoki Trampning 28 banddan iborat tinçlik rejasi bandlari sizdirilgan, rejaga köra Ukraina Donbassni Rossiyaga topşirib, NATO masalasini muzlatiş kerakligi aytiladi. Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida tahlilçilar Bektoş Berdiyev va Jahongir Akramov mazkur reja bandlari va unga Ukrainaning ehtimoliy reaksiyasi xususida söz yuritdi.

Trampning Rossiya–Ukraina uruşiga oid yangi rejalari haqida nimalar ma’lum?

Bektoş Berdiyev: Bugun AQŞning bir qator nufuzli OAVlari Donald Tramp işlab çiqayotgan yangi tinçlik rejasining ayrim tafsilotlarini e’lon qildi. Avval bu hujjat maxfiy tarzda muhokama qilinayotgan deb hisoblangan. Endilikda esa 28 banddan iborat mazkur kelişuv loyihasi ommaga sizib çiqqani aytilmoqda. Xabarlarga köra, Tramp uşbu rejani imzolaşga majbur qiliş orqali Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni töxtatmoqçi. Trampning özi ham “men sakkizta uruşni töxtatganman, bu uruşni ham tugatişim kerak”, deb ta’kidlagan. Mazkur hujjatni tayyorlaşda AQŞ vitse-prezidenti Vens, Davlat departamenti rahbari Marko Rubio, Stiv Uitkoff hamda Trampning özi iştirok etgani aytilmoqda. Ayrim manbalarga köra, Rossiya vakili Kirill Dmitriyev ham maslahatlari bilan qatnaşgan. Mutaxassislarning aksariyati reja köproq Rossiya manfaatlariga yon berişga qaratilganini ta’kidlamoqda. Eng e’tiborli bandlardan biri — Donbassni töliq Rossiya tarkibiga kiritiş. Bundan taşqari, Zaporojye va Xerson front çiziğida mojaroni muzlatiş taklif etilgan. Bu hududlar de-yure tan olinmasa ham, amalda front çiziği keskin özgarişsiz qolişi ehtimoli bor. Rejada Ukraina vaqtinça NATOga a’zo bölmasligi ham közda tutilgan, ammo bu çeklovning muddati aniq belgilanmagan. Şuningdek, Ukrainada xorijiy qöşinlar va harbiy texnikaning bölişi taqiqlanişi, Ukraina armiyasining hajmi qisqartirilişi taklif etilgan. AQŞ uşbu rejani sanksiyalar fonida Rossiyaga bosim ötkaziş orqali amalga oşirmoqçi bölgani aytiladi. Biroq sanksiyalar uruş jarayoniga sezilarli ta’sir körsatmayotgani sabab bu yöl samarali deb topilgan. Taxminlarga köra Rossiya kelişuvga qisman rozi bölişi mumkin, biroq sanksiyalarning bekor qilinişini asosiy şart sifatida qöyadi. Ukraina esa aynan Donbassni tan oliş, NATOga a’zo bölmaslik va armiyani keskin qisqartiriş kabi bandlarga ehtimoliy ravişda rozi bölmaydi. Reja şuningdek, quyidagi bandlarni ham öz içiga oladi: AQŞ Qrim va Donbassni Rossiya hududi deb tan olişi, Moskva hamda Sankt-Peterburggaça yetib boriş salohiyatiga ega qurollarini çeklaş, rus tiliga rasmiy ikkinçi til maqomi berilişi, Ukraina pravoslav çerkoviga alohida huquqiy maqom berilişi.