Atmosfera havosi ifloslanişi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga köra, Toşkent şahar havosidagi PM10 mayda dispersli zarraçalar miqdori 264,1 mkg/m³ ni taşkil etdi. Bu körsatkiç ruxsat etilgan me’yor – 300 mkg/m³ dan oşmagan.

Şu bilan birga, PM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori 186,4 mkg/m³ darajasida bölib, belgilangan me’yor (60 mkg/m³) dan 3,1 marta yuqori ekani aniqlandi.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, körsatkiçlarning oşişiga havo haroratining keskin özgarişi ham sabab bölgan. Haroratning özgarişi inversiya jarayonini keltirib çiqaradi, bu esa mayda zarraçalarning pastki qatlamlarda töplanişi va atmosfera havosidagi konsentratsiyasining ortişiga olib keladi.

Respublika aholisi hamda poytaxt mehmonlariga oçiq havodagi faoliyatni qisqartiriş, ayniqsa, bolalar, keksa yoşdagilar va yurak-qon tomir hamda nafas yöllari xastaligi bor fuqarolarga zaruratsiz taşqariga çiqmaslik, çiqqanda esa himoya niqoblaridan foydalaniş tavsiya etilmoqda.