«Pizişkiyon Markaziy bank töğrisidagi qonunning 58-moddasi «a» bandiga tuzatiş kuçga kirgani töğrisida Markaziy bank rahbariyatini xabardor qildi», deyiladi xabarda. Bu amalda milliy valutaning denominatsiyasini nazarda tutadi.

Şunday qilib, milliy valuta törtta nolni yöqotadi - 10 ming riyol 1 riyolga tenglaştiriladi. Şuningdek, yangi valuta birligi - qiron joriy etiladi, u riyolning yuzdan bir qismiga teng böladi. Uç yillik ötiş davri rejalaştirilgan bölib, bu davrda mamlakatda ikki tomonlama muomala tamoyili amal qiladi: eski va yangi riyollardan foydalanişga ruxsat beriladi.

Denominatsiya töğrisidagi qonun loyihasi oktabr oyi boşida Eron parlamenti tomonidan qabul qilingan. Uni 144 deputat yoqladi, 108 nafari qarşi çiqdi, yana uç nafari betaraf qoldi.

Riyolni denominatsiya qiliş rejasi birinçi marta 2019 yilda Eron hukumati tomonidan taklif qilingan va şundan beri köplab özgarişlarga uçragan. 2024 yilda Pizişkiyon riyolni 1979-yilgi Islom inqilobidan oldin mamlakatda işlatilgan valuta - tuman deb özgartirişni taklif qildi, ammo bu taşabbus rad etildi.

Eronda Markaziy bank tomonidan örnatiladigan rasmiy kursga köra, 1 AQŞ dollari qiymati 42 ming riyolga teng. Ammo valuta sotib olişdagi çeklovlar, sanksiyalar va yuqori inflatsiya tufayli odamlar dollarni sotib oladigan «qora bozor» paydo bölgan. U yerda 1 dollar qiymati 1 mln 127 ming riyolga teng. Yillik inflatsiya (iste’mol narxlari indeksi) 2025 yil sentabr holatiga köra 45,3 foiz atrofida şakllanmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga köra: 2024 yilda inflatsiya 32,5 foizni taşkil etgan.