Toşkentda hokimiyatdagilarning buyruğini bajarmagani uçun tadbirkorlarning işlab turgan obekti elektr tokidan uzib qöyilayotgani aytilmoqda. Kun.uz'ga murojaat qilganlarga köra, bu birinçi marta bölayotgan holat emas. “Hokimiyatdan kelişadi, unisini, bunisini muammo qilib, svetingni öçiraman deydi. Faqat topib olgan işi svetni öçiriş”, deydi tahririyatga intervyu bergan işbilarmonlardan biri.
Mirzo Uluğbek hamda Olmazor tumanlarida işlovçi 2 nafar tadbirkor Kun.uzʼga murojaat qildi. Ularning har ikkisida vaziyat öxşaş: hokimiyat vakillarining buyruğini bajarmagani sabab birining jarrohlik amaliyoti ketayotgan klinikasi, ikkinçisining mijozlarga xizmat qilib turgan restorani elektr tokidan uzib qöyilgan.
Tadbirkorlar rasmiylarning bu xatti-harakatidan qattiq e’tirozda. Ularning aytişiça, hokimiyatdagilar tomonidan bunday bosimlar doimiy qilib kelinadi, yurtdoşlarimiz buni tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralaşiş deya baholamoqda.
“Yangi qarorlar, yangi qonunlar çiqdi degani, tadbirkorning ta’zirini ber degani emas-ku”
Xususan, Mirzo Uluğbekda restoran işlatuvçi Xurşid Ahmedov 11 noyabr kuni taşqi reklamani olib taşlaş böyiça muammo yuzaga kelganini, restoran ma’muriyati buni bajarişga keçikayotgani uçun poytaxt hokimiyatidan tuzilgan maxsus ştab oğzaki buyruq bilan obektning çiroğini uzganini ma’lum qildi.
“11 noyabr kuni [Toşkent şahar] hokimiyat vakillari taşqi reklama böyiça kelişdi. Men özim işxonada emas edim, menga qönğiroq bölyaptiki, restoranning svetini öçirib ketişdi, deb. "Nega öçirişadi?" desam, "Taşqi reklamani olib taşlaşimiz kerak ekan", deyişdi. Keyin telefonni olib, "Ber, öşa hokimiyat vakiliga, kim ekan, qanaqa, tanişinglar-çi" desam, kelgan odamning özi asli hokimiyatda işlaydigan bola emas ekan. U şunçaki ştabga biriktirilgan xodim ekan. Hokimiyat vakili deb Ziyovuddinov Izzat aka degan odam taniştirdi.
“Öşa odamning buyruği bilan biz çiroqni öçirdik”, dedi. Bitta biznikini emas, bu yerda B&B kafe öçdi, keyin pastroqda yana ikkita-uçta restoranning svetlarini öçirişdi. Keyin işxonaga keldim. Endi restoranda odam köp bölgan. Biz amerikança ovqat [qilamiz], taomnomamiz şunaqa bölgani uçun asosiy mijozlarimiz çet elliklar: turistlar, keyin Amerika elçixonasidan vakillar köp atrofimizda turişadi, köp kelib turişadi. Hatto mana menyularimizda ham ingliz tili, rus tilida versiyalar bor. Svetni taq etib öçirib qöyişgan, mijozlarni uzr sörab çiqarib yuborişgan. Nimaga, qanaqa — hamma hayron.
Orada tört soat svet bölmagan. Men şifoxonadan kelib, ularni topib, kim, nima, qanaqa, muammo nimadaligini bilib, kelib sörasam, muammo reklamalarni oliş kerak ekan. Xöp, yaxşi, reklamalarni olamiz. Lekin nega svetni öçirdinglar, degan savol. Mana, meni hozir qiynayotgan narsa – qonunning ijrosi judayam qöpol ravişda, uni buzib, misol uçun, heç qanaqa sababsiz [şu işni qilişdi]. Men HET (Hududiy elektr tarmoqlari)ga telefon qilyapman, “sizlar öçirdinglarmi?”, ularning umuman xabari yöq. Heç kimning heç narsadan xabari yöq. Faqatgina qanaqadir komanda bölgan, kimdir uni “öçir” degan.
Bizga şunaqa şantajli körinişda aytilyaptiki: “yoki mana şu narsani qilasan, “svet”ingni yoqib beraman, yoki yoqmayman”. Bilasizmi, eng qiziq narsani aytib beraman. 3-4 oy oldin Mirzo Uluğbek HET bizga çiqib: “reklama uçun alohida hisoblagiç qöyasizlar”, dedi. Alohida hisoblagiç böyiça taşqarida yongan har bitta reklamamiz uçun 3 150 söm pul tölayotgan edik. Menda savol tuğildi, nega faqatgina reklamani özining hisoblagiçini emas, butun restorannikini öçirib qöydinglar?
Pitssa qiladigan joy bölganidan keyin sutli mahsulotlar muzlatkiçda aynib qoladi. Telefonda öşa Izzat aka degan odamga tuşuntiryapman: “Aka, mana bunaqa, mana bunaqa muammo. Mening majburiyatim bor, mijozlarim bor, stollar band qilingan. Hozir agar siz menga çiroqni yoqib bermasangiz bölmaydi” dedim. “Mayli, men yoqib beraman, lekin tepangizda bitta odamim turadi. Agar siz mana şu narsani bugun mabodo qaysidir sabab bilan qilmasangiz, baribir öçiramiz”, deb şunaqa ohangda aytilyapti endi. Bilasizmi, kasal odam, men keçgaça şu yerda ötirdim, turdim”, – deydi Ahmedov.
Aslida taşqi reklama bilan boğliq qonunçilik Vazirlar Mahkamasining 2020 yil fevraldagi 104-sonli qarorida nazarda tutilgan. Unga köra, axborot beruvçi peşlavhalar yuzasi 1 kvadrat metrdan ortiq bölsa taşqi reklama deb baholanadi va belgilangan tartibda reklama joyining pasporti rasmiylaştirilib, tölov qilinişi talab etiladi.
Ahmedov bu qaror qabul qilinganiga 5 yil bölganini, nega rasmiylar vaqtliroq tadbirkorlarga ogohlantiriş berib, tarğibot işlarini olib bormaganini tanqid qildi.
“Bizni hokimiyat vakili yoki öşa ştab boşliği çaqirib, mahallaga yiğib: “örtoq tadbirkorlar, qonun özgardi, mana bundoq, mana bundoq. Buni bundoq qilamiz, buni bundoq qilamiz”, deb bizga ogohlantiriş berilganda, tarğibot-taşviqot işlari bölganda, bizda muammo bölmas edi. Biz ularga böysunmasak yoki “yöq” deb haydab solsak, men tuşunaman, bu – muammo. Lekin unaqa bölmadi, biz xöp deyapmiz. “Böldi, qilamiz. Şuni qiliş kerakmi? Böldi, hozir qilamiz. Faqat bizga vaqt beringlar. Bu çapak çalgan bilan bölib qoladigan narsa emas. Törtinçi qavatdan [taşqi reklamani] tuşiriş kerak”. Şu orada qöşnimizga bitta alpinistni çaqirişdi, u alpinist yiqilib tuşib, umurtqasini sindirdi. Ketma-ket bölyapti. Men “şoşilinç iş mana şunaqa böladi”, deyapman.
Agar bir oğiz aytib yoki qanaqadir sud qarori yoki bir parça qoğoz bilan kelib, “mana, bugun sizlarga şunaqa qaror çiqqan, hozir svetlaringni uzamiz-da, sizlarning faoliyatingizni töxtatamiz” deganda ham men tuşunardim”, – deydi u.
4 noyabr kuni Toşkent şahar hokimiyatining Raqamli rivojlaniş departamenti restoran egasiga taşqi reklama yuzasidan ogohlantiriş xati yuborgan. Unga köra, binoning old qismiga örnatilgan statik yozuvli LED monitori reklama sifatida baholangan va 3 kunda demontaj qiliş talabi qöyilgan.
“Şu LED ekraninglarga ruxsat olinglar, deyişdi. Xöp, deb biz işga kirişdik, rasmlarni oldik, hokimiyatga topşirdik va ularning portalida bu narsa jarayonda ekan, hali töliq işlamagan ekan, töliq javob bera olmadi. Orada qisqa muddat ötyapti, heç narsaga erişa olmaymiz. Biz aytyapmiz, biz hujjatni topşirdik, desak, “yöq, körişda endi olindi, endi biz bugun keldik, demak sizlar olib taşlaşinglar kerak batamom”.
Xöp, olamiz, gap bölişi mumkin emas. Faqat ozgina vaqt beringlar. Şu ozgina vaqtimiz ham yöq ekan-da. Mana, muammo şu yerda. Kelib, “aka, mana bugun keldim oldingizga, olib taşlang, boşqa qiling” deganda, heç qanaqa muammo bölmas edi. Yeçib olib çiqib, joy-joyiga qöyib qöyar edik. Qonun bor, lekin nima, qanaqa, umuman qiziq emas. Tölaş kerakmi, öşa soliğini tölaymiz, çunki çet elda ham tölaganmiz, bu yerda ham tölaymiz. Hamma joyda bu narsa işlaydi. Faqat uning ijrosi – unga yondaşuv.
Bir davlat tomonidan yangi qarorlar, yangi qonunlar çiqdi degani, hukumat tomoniga bir qanaqadir yangi qamçi berdi, bu bilan endi tadbirkorning ta’zirini ber degani emas-ku. Balki u narsani bizga töğri tarğibot, taşviqot bilan “akalar, mana bu, mana bu, mana bu narsalar mana bunça özgardi” desa böladi.
18 yil çet elda bölgan bölsam, şundan 10 yili Amerikada bölganman. Amerikada biznes yuritib yurgan paytimizda, mana hozirgi yangi prezidentimiz kelib, zamon özgardi, kelinglar, tadbirkorlik bilan şuğullaninglar, boşqa qilinglar, deganda işonib, biz bu yerga kelganmiz-da. Şu işlarni qilyapmiz. Mana, Xudoga şukur, hozir işlab turibmiz. Kamçiliklar yöq emas, bor, işlarni yurgizib turibmiz. U yerda, bu yerda örganyapmiz. Lekin muammo nimada? Muammo biznes bilan hukumat vakillari orasidagi munosabatda. Bilasizmi? Mana şu munosabat agar soğlom bölsa, rivojlaniş böladi. Agar bir tomon bir tomonga doim tazyiq ötkazaversa yoki qamçining kuçi bilan bu işni bitkazadigan bölsa, bu yerda qanaqa qilib iş böladi?
Men özim doim hamma narsani qonuniy qilib yurişni yaxşi köradigan odamman. Remen taqiş kerakmi, remenimni taqib yuraman. Lekin bunaqa vaziyatda şunça qilib turganingda ham senga mana bunaqa tazyiq ötkazganidan keyin odamning ozgina jahli çiqarkan. Şuning uçun mana şu narsani hukumat vakillari eşitib, ozgina biznes bilan murosa qilinsa yoki öşanga töğri yetkazilsa... Men aytdim: “ukam, şu narsalarni 10 kun oldin hammani yiğib, bir joyda majlis qilib, joy bölmasa, mana, bizga kelib, hammani mana şu yerda ötqazib, akalar, ukalar, mana bunaqa özgarişlar kiritilyapti qonunga, falonçi çislodan mana şunaqa, mana şunaqaga majbur bölamiz, şungaça harakatinglarni qilinglar”, desa bölarmidi? Yoki köçadan dabdurustdan kelib, “böldi, sen bugun şu işni qilasan, bölmasa men svetingni öçiraman” deyiş kerakmi? Ugroza-da bu. Mana şu ugroza odamni ozgina ranjitdi.
Ahmedov rasmiylar özini bunday tutganidan qattiq ranjiganini bildirarkan, aslida hokimiyatning elektr tokini uzib qöyiş vakolati bor yoki yöqligini savol sifatida örtaga taşladi. Material davomida bunga alohida töxtalib ham ötiladi.
“Bu faqat hokimiyat tomonidan tadbirkorni eziş bölib qoldi”
Ungaça esa Olmazor tumanidagi tadbirkorlardan birining vaziyati haqida gaplaşsak. Şaxsi sir qolişini istagan suhbatdoşimiz stomatologiya klinikasini yuritadi. Uning aytişiça, tuman hokimiyatining maxsus işçi guruhi obektini tokdan uzgan vaqtida klinikada jarrohlik amaliyoti ötayotgan bölgan.
“Soat 1 dan 10 daqiqa ötganda tumanda obodonlaştiriş işlari bölişi kerak ekan, öşa Beruniy şohbekati tomonida. Prezident taşrifi bor ekan. Men özim sal uzoqroqda, şahar çetida edim. Qorovulim bilan uçraşib, nimaga obodonlaştiriş işlarini qilmadinglar, brusçatkalaring yaxşi emas ekan, devor fasadini böyanglar, u yerda, bu yerda qilinglar deb beş-oltita takliflar berib ketişibdi. Taşqi reklamamiz yöq, biz bir hafta oldin töliq yeçib taşlagan edik, ulardan muammo yöq edi. Olmazor tumani hokimining birinçi örinbosari özlari kelib, öşa yerda turibdilar-da, he yöq, be yöq, bizning butun boşli binomiz svetini öçiribdi.
Svetga pulimiz bor, tölovlarimiz bor. Bizniki klinika. Klinikada mijozlar bor, öşa payt operatsiya bölayotgan edi, kun sovuq, kelib özidan-özi butun boşli binoning svetini butunlay öçirib qöydi. Sababi nima? Men yölda telefonda gaplaşib kelyapman. Obodonlaştiriş işlari taşkil etilmaganini rökaç qilib öçirişibdi.
Menimça, tadbirkorni qöllab-quvvatlaşning örniga, bular bilmayman, tuman hokimiyatlari qayoqqa qarayapti? Şu bilan soat ikki yarim, uçlarga yaqin keldim. Kelsam, şu yerda hokimiyat xodimlari turişibdi. Mana bu, mana bu işlarni qilişingiz kerak ekan, brusçatkangizni yangilaşingiz kerak ekan, deyişdi. Ekinlar ekişimiz kerak ekan, bino fasadining rangi yoqmabdi. Mayli, dedik. Xöp, böldi, bu hammasini qilib beraman. Baraka topkurlar, svetni qöşib beringlar, yoqinglar, desam, yöq deyişdi. Bizga topşiriq bölgan, mana şu, mana şu topşiriqlarni qilganingizdan keyin svetingizni yoqib beraman, deyişdi.
Endi soat uç yarim, tört. Usta topdik, brusçatka oldik, yarim keç bölişiga qaramasdan, biz usta topdik, brusçatkalarimizni töğriladik, binoning fasadini qiling deyişdi, fasadlarni qildik. Işonasizmi, keçqurun 8:30 da svetimizni zörğa yoqib berişdi. Endi öşa kuni ob-havoni bir köring. Şu noyabrning boşida, 8 yoki 9 noyabr edi. Bu ketişda tadbirkor işlaydimi yoki nima qiladi, tuşunmadim-da. Şunga biz hayron qoldik. Bu endi birinçi marta bölgan narsa emas-da. Hokimiyat tomonidan kelişadi, unisini, bunisini muammo qilişadi-da, svetni öçiraman deydi. Faqat topib olgan işi – svetni öçiriş”, – deydi u.
Tadbirkor öşa kunning özida bu işlar uçun 25 million söm xarajat qilganini bildirdi. U hokimiyat vakillarining bu tarzda bosim ötkazişini qattiq qoraladi.
“Men Xudoga şukur, pul tölayman, yer soliğini, svetga pul tölayman. Biz jinoyatçi emasmiz. Prezidentimiz aytyaptilar, tadbirkorlarga qança yordam beryaptilar. Nima bular tadbirkorga bir osmondan keladi? Bunday vakolati bormi? Xöp, har bitta binoga kirsin, “iltimos, mana bunaqa talablarimiz bor, mana bularni qarab qöyinglar”, desa, odamgarçilik yuzasidan aytsa, hamma tadbirkor qilib qöyadi. Uyimizda töy bölib, mehmon kelsa, uyimizni çiroyli qilib qöyamiz-ku, hammamiz qilamiz. Taşqi reklamalarga ham kelişdi, kesib-kesib taşlaşdi. Uç-tört kun oldin kelib, “mana bunaqa qilinglar, buni olib taşlanglar, buni olib taşlanglar”, desa, hamma olib taşlaydi. Ha, kelib tars-turs qilib taşlaşdi. Qöpol qilib aytganda, bu faqat hokimiyat tomonidan tadbirkorni eziş bölib qoldi. Hali bir hokimiyatdan bitta foyda körmadik. Faqat kelib “svetingni uzaman”, deydi. Olmazor tumani hududiy elektr ta’minotiga çiqqanman. Ular ham heç nima qilib bera olmadi”, – deydi klinika egasi.
Kun.uz ayni masalada Hududiy elektr tarmoqlari AJ matbuot xizmati bilan boğlanib, izoh söradi. Ma’lum qilinişiça, elektr tokidan uzib qöyiş vakolati faqatgina HETda mavjud. Amaliyot jismoniy va yuridik şaxslarning qarzdorligi bor vaziyatdagina tatbiq etiladi.
“Tumanlarda hokimliklarning vakolati sal kengaygan. Biznikilar ham hokimliklar bilan borib, uzişda qatnaşgan bölişi mumkin. Lekin keyslar haqida ma’lumot olmagunimizça buni aniq aytolmaymiz.
Agar elektr energiyasidan qarzdorlik bölmasa, heç kim tadbirkorlik faoliyatiga aralaşişi mumkin emas. Ular doim prezident himoyasida. Hokimlikning Hududiy elektr tarmoqlari AJga, tuman va şahar filiallariga aytib, elektr tokidan uzib qöyişga haqqi yöq”, – dedi AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev.
Tahririyat şuningdek, Toşkent şahar hokimiyatiga ham bu böyiça sörov jönatdi. Hozirça holatlar yuzasidan rasmiy izoh berilmadi.











