Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumanida inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, YTH 16 noyabr kuni soat taxminan 22:15 larda tumanning Toqçilik mahallasi hududida sodir bölgan. 2002 yilda tuğilgan J.A. boşqaruvidagi Cobalt maşinasi “Qöqon-Jizzax” avtomobil yölining 18-kilometrida haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida ağdarilib ketgan.

J.A. Şarof Raşidov tumani IIB xodimi bölgan. YTHdan söng u RŞTYoIM Jizzax filialining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramay xodim 23 noyabr kuni vafot etgan.

Maşina J.A.ning otasiga tegişli ekani aniqlangan.

Avvalroq Namanganda YPX xodimi maşina urib ketişi oqibatida halok bölgandi. Uni Onix maşinasini tegişli hujjatlarsiz boşqarib borayotgan haydovçi katta tezlikda urib ketgan.