Ma’lumotga köra, amaldagi qonunçilikka muvofiq barça quriliş taşkilotlari quyidagi talablarni bajarişga majbur:
— quriliş jarayonida çang va qum zarraçalarining havoga kötarilişiga yöl qöymaslik;
— quriliş maydoniga kirib-çiqiş yölaklarida osma yomğirlatkiç va suv purkagiçlar örnatiş;
— avtotransport vositalari ğildiraklarini majburiy tarzda yuviş uçun maxsus yuviş şoxobçasini taşkil etiş;
— çang tarqalişining oldini oliş maqsadida quriliş maydonini tösiqlar, himoya qoplamalari va maxsus materiallar bilan jihozlaş.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi mazkur talablarga rioya etmaslik holatlarida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks normalariga binoan jarima va boşqa ma’muriy çoralar qöllanişi mumkinligini eslatmoqda.
Qonunbuzarlik jiddiy tus olgan taqdirda, quriliş taşkiloti faoliyati 10 iş kunigaça töxtatilişi yoki belgilangan tartibda butunlay tugatilişi ham mumkin.













