D.Turğunov ta’kidlaşiça, hozirgi şaroitda inversiya hodisasi havoning vertikal harakatini çeklab qöygan. Vertikal harakatning notöğri taqsimlanişi natijasida mayda zarraçalar quyi havo qatlamlarida töplanib, atmosfera havosining ifloslaniş darajasi ma’lum vaqt davomida turğun saqlanib qolmoqda.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzurida tun-u kun 24/7 rejimda işlovçi tezkor ştab taşkil etilgan bölib, u tezkor tahlillar va ilmiy natijalarga asoslangan holda öz faoliyatini amalga oşirmoqda. Şu negizda bir qator amaliy çoralar körildi.

Xususan, Toşkent şahrida köçalarni çangdan tozalaş va yuviş işlari izçil davom ettirilmoqda. Şu bilan birga, poytaxt hududiga tutaş hududlarda joylaşgan issiqxona xöjaliklari faoliyati örganildi. Atmosferaga ta’siri yuqori deb baholangan 106 ta issiqxona xöjaligi faoliyati çeklab qöyildi.

Şaharda amalga oşirilayotgan quriliş işlari ham qat’iy nazoratga olingan. Örganişlar natijasida quriliş qoidalarini buzgan va atmosfera havosiga ta’siri yuqori bölgan 14 ta quriliş obektiga ogohlantiriş berildi, ularga qurilişni qanday tartibda davom ettiriş böyiça aniq tavsiyalar yetkazildi.

Şuningdek, Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda joylaşgan birinçi va ikkinçi toifaga kiruvçi sanoat korxonalari faoliyati ham tahlil qilinmoqda. Tahlillar natijasiga köra, 305 ta sanoat korxonasida mavjud 883 ta çang-gaz tozalaş uskunalarini modernizatsiya qiliş işlari boşlangan.

Doniyor Turğunov ma’lum qilişiça, tezkor ştab tomonidan havo ifloslanişini kamaytiriş böyiça yangi kompleks dastur işlab çiqilmoqda. U ikki yönalişni öz içiga oladi: qisqa muddatda amalga oşiriladigan tezkor çoralar; örta va uzoq muddatga möljallangan strategik çora-tadbirlar.

Uşbu dasturni tayyorlaş jarayoniga Ekologiya qömitasi, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, mutaxassislar va olimlar jalb etilgan. Yaqin kunlarda dasturni tasdiqlaş uçun Hukumatga taqdim etiş rejalaştirilgani qayd etildi.