Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda joylaşgan barça issiqxonalar yaqin vaqt içida tabiiy gaz bilan isitişga ötkazilişi kerak. Bu prezidentning poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisidagi farmonida közda tutilgan.
Farmonga köra, Energetika vazirligi bir hafta muddatda Toşkent şahri va unga tutaş bölgan hududlardagi barça issiqxona obektlariga tabiiy gaz yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzilişini taşkil etadi va uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berilişini ta’minlaydi.
Şundan keyin ham qoidalarni buzgan issiqxonalar esa jazolanadi.
Ekologiya qömitasi bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvçi qonun loyihasini kiritadi:
- maydoni 200 m2 va undan yuqori bölgan issiqxonalarda çang-gaz tozalaş uskunalari nosoz işlaşi yoki mavjud bölmaganligi uçun ma’muriy jarimalar miqdorlarini yuridik şaxslarning mansabdor şaxslariga 5 baravarga va jismoniy şaxslarga 3 baravarga oşiriş;
- maydoni 200 m2 va undan yuqori bölgan issiqxonalarda yoqilği moddalar, material va çiqindilar (şina, bitum, mazut, işlatilgan avtomobil moyi plyonka, rezina, jun tolasi va boşqalar) yoqilgani aniqlanganda isitiş qozonxonasini davlat foydasiga musodara qilişni nazarda tutuvçi jinoiy javobgarlikni joriy etiş.
Bundan oldinroq Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça maxsus komissiya tuzilgani ma’lum qilingandi. Maxsus komissiya atmosfera havosi sifatiga salbiy ta’sir qiluvçi moddalar yoqqan issiqxonalar va boşqa obektlar faoliyatini vaqtinça töxtatişi yoki tugatişi mumkin.













