Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni doirasida Rossiya bilan ikki tomonlama muzokaralarni deyarli yakunladi. Bu haqda prezidentning JST masalalari böyiça maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.
«Moskvada Özbekistonning JSTga a’zo bölişining hal qilinmagan masalalari böyiça kelişuvga erişiş uçun Rossiya muzokaralar guruhi bilan samarali uçraşuv ötkazdik. Muzokaralar deyarli yakunlandi. Barça muhim elementlar kelişib olindi va faqat bir neçta texnik bandlar yakuniy tekşiruv va tasdiqlaşni talab qiladi.
Vazir Maksim Reşetnikov, direktor Yekaterina Mayorova, elçi Nikolay Platonov va butun Rossiya jamoasiga asosiy sörovlar böyiça aniq pozitsiyasi, şuningdek, butun jarayon davomida konstruktiv yondaşuvi va qöllab-quvvatlaşi uçun minnatdorlik bildirmoqçiman», deya yozdi u LinkedInʼdagi sahifasida.
Urunovning qöşimça qilişiça, dekabr oyida Jyenevada bölib ötadigan Jahon savdo taşkiloti Boş kengaşi yiğilişida Rossiya tomoni bilan yakuniy natijaga erişiş rejalaştirilyapti.
«Bizda faqat Xitoy Taypeyi bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlaş qoldi. Bu hafta men öz jamoam bilan Vaşingtonda bölib, hamkorlarimiz bilan uçraşuvlar ötkazaman va JST doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik va özaro aloqalarni ilgari suraman», dedi Urunov.













