Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toşkent şahridagi ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Sönggi kunlarda kuzatilayotgan havo ifloslanişi darajasi çuqur taşviş uyğotayotgani, poytaxt aholisini haqli ravişda xavotirga solayotgani, bu holat tezkor va muvofiqlaştirilgan harakatlarni talab etayotgani qayd etildi.

Administratsiya rahbari mas’ullarning atmosfera havosining hozirgi holati, fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlar, jamoatçilikning taklif va taşabbuslari töğrisidagi hisobotlarini tingladi. Mavjud vaziyatga ta’sir körsatayotgan asosiy omillar, odamlar salomatligi va ekologiyaga salbiy ta’sirni kamaytiriş yöllari körib çiqildi.

Yiğilişda örnatilgan me’yorlar buzilgan hollarda havoni ifloslantirayotgan işlab çiqarişlarga qarşi qat’iy çoralar köriş zarurligi alohida ta’kidlandi. Odamlar salomatligi haqida gap ketganda, murosaga örin yöqligi va bu tamoyil davlat uçun ham, biznes uçun ham birdek amal qilişi kerakligi qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva şu kunlarda tezkor tartibda işlab çiqilgan ekspert xulosalariga asoslanib, yaqin, örta va uzoq muddatli istiqbolga möljallangan, tezkor çoralardan tortib, kelgusida bunday holatlar takrorlanişining oldini olişga qaratilgan tizimli yeçimlargaça qamrab olgan kompleks takliflarni ilgari surdi.

Xususan, ekologik nazoratni kuçaytiriş, ifloslantiruvçi obektlar faoliyatini çeklaş, qurilişga qöyiladigan talablarni qat’iylaştiriş, şaharni keng kölamda kökalamzorlaştiriş va havo sifatini nazorat qilişning zamonaviy tizimini yaratiş böyiça çora-tadbirlar belgilandi.

Ta’kidlanişiça, uşbu çora-tadbirlar yaqin orada davlat rahbariga körib çiqiş uçun taqdim etiladigan farmon loyihasi uçun asos böladi.