Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga taşrifi davomida «Samarqand – Urgut» yangi temiryöl liniyasi bilan tanişdi.
Uşbu temir yöl qurilişi şu yil fevral oyida boşlangan bölib, umumiy uzunligi 55 kilometrni taşkil etadi. Loyiha doirasida ikkita vokzal, «Urgut» iqtisodiy zonasida ikkita yuk stansiyasi hamda bir qator köpriklar barpo etilgan. Liniyani kelgusida töliq elektrlaştiriş rejalaştirilgan.
Yangi yönaliş şaharlararo ikki juft poyezd va töqqiz juft yuk poyezdi qatnovini ta’minlaş imkoniyatiga ega. Loyihani şu yil oxiriga qadar yakunlaş közda tutilgan. Ta’kidlanişiça, poyezdlar qatnovi yölga qöyilişi orqali yiliga 359 ming yölovçi va 8,2 million tonna yuk taşiş imkoni yaratiladi.
Yönaliş Samarqand şahri, Jomboy, Pastdarğom, Toyloq va Urgut tumanlari aholisi uçun xavfsiz va zamonaviy transport xizmati taqdim etadi. Şuningdek, içki turizm rivojiga ham katta turtki beradi.
Temir yöl infratuzilmasi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bölib, uşbu loyiha «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi salohiyatini yanada oşirişga xizmat qiladi. Yangi yönaliş işga tuşişi natijasida 130 ta yangi iş örni yaratiladi.
Davlat rahbari jamoatçilik vakillari bilan birga mazkur yönalişda harakatlanuvçi poyezdda Urgutga bordi.

Safar çoğida prezident temir yöl infratuzilmasini rivojlantiriş, yölovçilar uçun qulayliklarni yanada oşiriş, temir yöllarni elektrlaştiriş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş yuzasidan mutasaddilarga qöşimça topşiriqlar berdi. Şuningdek, yöl böylab amalga oşirilayotgan quriliş va obodonçilik işlariga e’tibor qaratdi.
Urgut tumani katta salohiyatga ega hudud sifatida tobora muhim örin egallab borayotgani ta’kidlandi. Bu yerdagi aholi işbilarmon, tadbirkorlik ruhi kuçli. Mamlakatimiz iqtisodiyoti uçun strategik ahamiyatga ega bölgan bunday hududlarni rivojlantirişda esa zamonaviy logistika va infratuzilma hal qiluvçi omil hisoblanadi.
Yangi temir yölning kelişi bilan Urgutda iqtisodiy ösişni çeklab turgan tösiqlar, logistik «tromb»lar bartaraf etiladi. Yuk taşiş tezlaşadi, mahsulotlar bozorlarga arzon va vaqtida yetkaziladi, investorlar uçun qulayliklar yanada ortib, hududning raqobatbardoşligi oşadi.














