Bir neça kun oldin Toşkentda Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib berişni 2026 yilda ham davom ettiriş böyiça bitim tuzildi. Bu yangilikka tarmoq foydalanuvçilari turliça munosabat bildirişdi. Xöş, bu kelişuv zamirida ikki tomon uçun qanday manfaatlar bor?

Elektr yoki gaz bilan boğliq xabarlarga özbekistonliklar ançagina ta’sirçan. Bu boradagi yangiliklar, imzolangan şartnomalar-u, oldi-sotdilar hamişa jamoatçilik diqqat-eʼtiborida bölib keladi.

Masalan, bir neça kun oldin Toşkentda “Özenergosotiş” va DABS kompaniyalari örtasida Özbekistondan Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib berişni 2026 yilda ham davom ettiriş böyiça bitim tuzildi. Bu yangilik ostida “özimizda svet yöq, afğonlarga nega sotyapmiz?”, “xavsizlik nuqtayi nazaridan şunday qilişga majburmiz” degan mazmundagi izohlarni köriş mumkin.

Ammo oxirgi yillardagi vaziyatni çuqurroq tahlil qilsak, holat bir qaraşda paydo böladigan mulohazalardan ançayin farq qiladi.

Bu xayriya emas, tijoriy bitim

Afğonistonga elektrni tekinga bermayapmiz, buning uçun ular pul tölaşadi. Ha, tölovlar böyiça keçikişlar va muammolar bölgan. “Tolibon” markaziy hokimiyatni egallagaç, dastlabki bosqiçda oğir iqtisodiy holatga tuşib qolgandi. Mamlakatning 9,4 mlrd dollardan iborat davlat zaxiralari AQŞ tomonidan muzlatib qöyildi. Natijada Afğonistonga elektr eksport qiluvçi qöşni davlatlar bilan tölovlarni amalga oşirişda muammolar paydo böldi.

Rasmiy Kobul elektrga bölgan içki ehtiyojning yarmidan köproq qismini Özbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Erondan import hisobiga qoplaydi. Buning uçun tölovlar masalasida keyingi yillarda vaziyat yaxşilangan. Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovga köra, Afğoniston yetkazib berilgan elektr energiyasi uçun Özbekiston oldidagi tölov majburiyatlarini töliq bajaryapti. Oldingi hukumatning qarzlarini ham hozirgi hukumat töliq tölagan. Puli-Xumri elektr uzatiş liniyasini quriş yakunlangaç, elektroenergiya eksporti bir neça karraga oşişi ham mumkin ekan.

Özbekistonda elektr energiyasi profitsiti

Energetika vazirligiga köra, Özbekistonda elektr energiyasi yetişmovçiligi masalasida muammo qolmagan. Oxirgi yillarda qurilgan önlab elektr stansiyalari hisobiga, generatsiya qilinayotgan energiya içki ehtiyojni töla qondira oladi. Svet öçişlari esa, rasmiylar izohiga köra, tok yetişmovçiligidan emas: eskirgan tarmoqlar ba’zi vaqtlarda mavjud yuklamani kötara olmay qolyapti. Tarmoqqa yuklama maksimal körsatkiçga yaqinlaşganda, taqsimlaş punktlari işdan çiqmasligi uçun hududiy elektr korxonalari ta’minotni uzib qöyişga majbur böladi. Har holda, rasmiy izoh şunday.