AQŞ prezidentining maxsus vakili Den Driskoll bugun Abu-Dabida Rossiya vakillari bilan muzokaralar ötkazmoqda, unda Donald Trampning uruşni töxtatiş rejasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Politico manbalarga tayanib yozmoqda.
Driskoll 24 noyabr kuni keçqurun Abu-Dabiga uçib kelgan, CBS News xabariga köra, u allaqaçon Rossiya vakillari bilan bitta uçraşuv ötkazişga ulgurgan, bugun esa yana bir muzokara ötkaziladi.
Politico naşri ta’kidlaşiça, Abu-Dabidagi muzokaralarda Driskoll AQŞ pozitsiyasini ifodalovçi yagona yuqori martabali amaldor hisoblanadi. Şveytsariyada ukrainlar bilan muzokaralar olib borgan davlat kotibi Marko Rubio va maxsus vakil Stiv Uitkoff allaqaçon Vaşingtonga qaytgan. Abu-Dabiga Rossiya tomonidan kimlar borgani noma’lum. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu safargi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi ham iştirok etayotganini rasman tasdiqlaşdan ham boş tortgan.
Rossiya delegatsiyasi bilan uçraşuvga Driskoll tinçlik rejasining takomillaştirilgan yangi versiyasi bilan (unga Ukraina tomoni e’tirozlaridan keyin tuzatişlar kiritilgan) yöl oldi. Bir kun oldin Financial Times va keyinçalik boşqa köplab naşrlar yangi versiyada avvalgidek 28 ta örniga 19 ta band qoldirilganini xabar qilgandi.
Aynan qaysi bandlar çiqarib taşlangani oxirigaça aniq emas. ABC News’ning ta’kidlaşiça, yangi versiyada Ukraina qurolli kuçlari soni qisqartirilişi, şuningdek, tomonlarning mojaro paytidagi harakatlari uçun töliq amnistiya haqida söz ketmaydi (avvalroq OAVda bu bandni Ğarb yordami böyiça tekşiruvlardan qoçiş uçun ukrainlarning özi kiritgani haqidagi versiya paydo bölgandi).
Bloomberg manbalari esa rejaning yangi versiyasida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 100 milliard dollarini (Yevroittifoqdan yana 100 milliard dollar) Ukrainani tiklaş dasturlariga investitsiya qiliş haqidagi band olib taşlanganini aytmoqda. Avvalroq bu bandga Yevroittifoq vakillari qarşi çiqqandi. Yevropa Ittifoqi hozirda Rossiya aktivlarini Ukraina ehtiyojlari uçun töliq (faqat 100 milliard dollar bilan çeklanmasdan) musodara qiliş imkoniyatini faol muhokama qilmoqda.
Politico yozişiça, hududiy masalalar ham reja doirasidan taşqariga çiqarilgan. Bu masala Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy örtasida muhokama qilişi taxmin qilinmoqda. Ukraina Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Rustem Umerov bugun Ukraina prezidentining Vaşingtonga taşrifi noyabr oyi oxirigaça rejalaştirilganini ma’lum qildi. Şuningdek, u Jyenevada bölib ötgan muzokaralarda AQŞ va Ukraina kelişuv rejasi böyiça «umumiy kelişuv»ga erişganini aytdi. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt ham avvalroq aksariyat bandlar kelişib olinganini va «faqat bir neça hal qilinmagan masala qolgani»ni ta’kidlagan edi.













