Bir neça kun davomida jahon OAV AQŞ va Rossiya vakillari tomonidan işlab çiqilgan, deb ta’kidlanayotgan Ukraina böyiça 28 bandli yangi «tinçlik rejasi» matnini naşr etdi. Hujjatning haqiqiyligini avvalroq, jumladan Axios, Politico va The Financial Times naşrlari tasdiqladi, keyin esa rasmiy şaxslar ham bevosita bölmasa-da, buni ma’qulladi. Reja Yevropa va Ukrainada keskin tanqidga uçradi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa uni «yakuniy tinçlik kelişuvi asosi sifatida» «mos» deb atadi.
Reja 2022 yilgi Istanbul kelişuvlari loyihasiga nisbatan Kiyev uçun deyarli heç qanday yon bosişni öz içiga olmaydi, lekin Moskva uçun yangi afzalliklarni özida mujassam etgan. Şu bilan birga, hujjat matni ham, uning qanday tarzda e’lon qilingani ham, haqiqatan ham takliflar AQŞ ma’muriyati iştirokida tayyorlanganmi yoki bu Moskva talablarining röyxatimi, degan savollarni tuğdirdi. Şunga qaramay, reja AQŞ, Yevropa va Ukraina iştirokidagi muzokaralarga turtki berdi va ular unga özgartişlar kiritib, öz takliflarini qöşdi.
Reja e’lon qilinganidan köp ötmay, senator-respublikaçilar guruhidan bir neça kişi uni AQŞ davlat kotibi Marko Rubio bilan muhokama qilganini aytdi va Rubio ularga reja Vaşington emas, balki Rossiya tomonidan işlab çiqilganini bildirganini ta’kidladi. «Rubio bugun kunduzi telefon qildi. U bizga bu taklifni vakillarimizdan biriga yetkazib berilgan hujjat sifatida qabul qilganimizni aytdi. Bu — bizning tavsiyamiz emas, bizning tinçlik rejamiz ham emas. Bu — olingan taklif», — dedi Janubiy Dakotadan senator, respublikachӣ Mayk Raunds. Uning sözlariga köra, Rossiya tomoni taklifi Ukrainaga topşirilgan va u «javob qaytariş imkoniga ega».
«Rubioga köra, bu ma’muriyat pozitsiyasi emas, balki ruslar xohişlarining röyxati bölib, u endi yevropaliklarga va ukrainaliklarga taqdim etiladi», — deb qöşimça qildi senator Angus King.
AQŞ Davlat departamentida esa senatorlarning bu da’volari yolğon, deb ataldi. CNN telekanali ta’kidlaşiça, Rubioning özi «ğayriodatiy qadam» taşlab, X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida senatorlar adaşganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, «tinçlik taklifi AQŞ tomonidan işlab çiqilgan» va Rossiya hamda Ukraina tomonlarining takliflariga asoslangan. CNN bu oçiq rad etişni «çalkaş va ehtimol, noqulay vaziyatga aylanişi mumkin bölgan buriliş» deb ta’rifladi.
Rejani birinçi bölib e’lon qilgan Axios naşri ikki nafar yevropalik diplomatga tayanib xabar berişiça, hujjat OAVda paydo bölganidan keyin yevropalik amaldorlar AQŞ Davlat departamenti bilan boğlangan va izoh söragan. Ularga bu «Tramp rejasi emas», degan javob qaytarilgan. Politico naşri esa yuzaga kelgan bu noaniqlikni AQŞ ma’muriyati içida idoralar örtasida yetarli muvofiqlaşuvning yöqligi bilan izohladi.












