Rossiyaga qarşi mudofaa uruşida Ukrainani qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş tarafdori bölgan «köngillilar koalitsiyasi» seşanba, 25 noyabr kuni ötkazilgan onlayn-yiğilişdan söng, bu uruşni yakunlaş yölini muhokama etişda Kiyevning iştirok etişi zarurligini alohida ta’kidladi. «Har qanday qaror Ukraina tölaqonli iştirokida qabul qilinişi», uning uzoq muddatli xavfsizligi va suverenitetini kafolatlaşi hamda BMT Nizomi prinsiplariga mos bölişi kerak, deyiladi uçraşuv yakunida qabul qilingan bayonotda. Unga Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer imzo çekkan. Hujjatni Germaniya hukumati tarqatdi, şuningdek u Birlaşgan Qirollik hukumati saytida ham e’lon qilindi.
Bayonotda qayd etilişiça, uçraşuv iştirokçilari Ukrainadagi uruşni yakunlaş böyiça AQŞ prezidenti Donald Trampning sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatladi. Şu bilan birga, ular «çegaralarni kuç yöli bilan özgartirib bölmasligini» ta’kidladi. Ukraina böyiça tinçlik rejasiga doir masalada esa, 23 noyabr kuni Jyenevada Amerika va Ukraina delegatsiyalari örtasidagi muzokaralarda «sezilarli siljiş»ga erişilgani ta’kidlandi, deyilgan press-relizda.
Şu bilan birga, onlayn-yiğiliş iştirokçilari «Yevropa va NATO manfaatlariga oid masalalar yevropalik şeriklar va NATO böyiça ittifoqçilarning tölaqonli iştirokida alohida muhokama qilinişi» haqida işonç bildirdi. Şuningdek, «köngillilar koalitsiyasi» a’zolari Ukrainaga uzoq muddatli moliyaviy yordamni ta’minlaş töğrisida qarorni tezkor qabul qiliş, şu jumladan Rossiyaning muzlatilgan suveren aktivlarining butun qiymatini işga soliş nihoyatda muhim ekanini qayd etdi.
«Adolatli va uzoq muddatli tinçlik Ukraina uçun har qanday kelajakdagi tajovuzni tiyib turiş imkonini beradigan işonçli xavfsizlik kafolatlari orqali ta’minlanişi lozim», — deyiladi hujjatda.
Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer raisligida onlayn-konferensiya formatida ötgan «köngillilar koalitsiyasi» uçraşuvida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, 35 ta a’zo davlat rahbarlari yoki hukumat boşliqlari va ularning vakillari, şuningdek AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, Yevrokengaş raisi Antoniu Koşta, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va NATO boş kotibi Mark Ryutte iştirok etdi.
Yiğiliş iştirokçilari Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordamni yanada kuçaytiriş, şuningdek Rossiya adolatli va barqaror tinçlikka erişiş yölida faol harakat qilişdan boş tortar ekan, unga nisbatan bosim ötkazişni davom ettiriş niyatida ekanini tasdiqladi.












