Rossiya Ukraina, AQŞ va Yevropa vakillari tomonidan kelişilgan tinçlik rejasining yangi variantini muhokama qilişga tayyor emas. Bu haqda Ukrainaga kömak berayotgan davlatlardan tuzilgan «köngillilar koalitsiyasi»ning onlayn-yiğilişi yakunidan söng, seşanba, 25 noyabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi. Uşbu majlisda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio birinçi bor iştirok etdi.
«Rossiya hozir otaşkesim töğrisida kelişişga yaqqol tayyor emas», — deya Makronning sözlarini keltiradi AFP agentligi. Siyosatçining ta’kidlaşiça, Moskva yangi tinçlik rejasini «muhokama qilişga tayyorligini namoyon etmadi». Emmanuel Makron Moskvani muzokaralarga kirişişga undaş uçun «bosimni davom ettirişga» çaqirdi.
Bir neça soat oldin Fransiya prezidenti RTL va M6 telekanallariga bergan intervyusida uruş tugagandan söng Ukrainaga xalqaro «xavfsizlik kuçlari»ni yuborişga çaqirdi. Uning fikriça, bu kuçlar Kiyev yoki Odessada joylaştirilişi kerak, ular «old çiziqda» turmasligi lozim.
«Fransuz, britan va turk harbiylari tinçlik şartnomasi imzolangandan keyin, uruş payti emas, öquv maşğulotlari ötkaziş va xavfsizlikni ta’minlaş operatsiyalarini amalga oşiriş uçun u yerda böladi. Xuddi biz NATOning şarqiy qanotidagi ayrim mamlakatlarda qilayotganimiz kabi», — dedi Emmanuel Makron. U, şuningdek, «havoda, quruqlikda yoki dengizda böladimi, faol harakatlarga tayyor ekanini» allaqaçon taxminan 20 ta davlat bildirganini qöşimça qildi.
25 noyabr kuni Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer ham Ukrainaga xalqaro kontingent kiritiş ğoyasini qöllab-quvvatladi. «Biz tayyorlayotgan köp millatli kuçlar bu jarayonda muhim rol öynaydi. Oxirgi oylarda juda qattiq mehnat qilgan harbiy rejalaştiruvçilarimiz bu kuçlarning jangovar tayyorgarligi ustida işlaşda davom etadi», — dedi Starmer.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa Makron sözlarini «eng tajovuzkor bayonot» deb atadi va uning Kiyev hamda Odessa haqidagi taklifini «şunçaki xayollar» sifatida baholadi.
«Köngillilar koalitsiyasi»ning 25 noyabrdagi onlayn-yiğilişi iştirokçilari «xavfsizlik kuçlari» böyiça işçi guruh tuzişga kelişib oldi. Unga Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlik qiladi, şuningdek AQŞ ham iştirok etadi, dengiz kuçlari masalalarida esa Turkiyaning faol iştiroki kutilyapti. Emmanuel Makronning ta’kidlaşiça, bu kuçlar Rossiya va Ukraina örtasida kelişuvga erişilgan taqdirda «ukrain armiyasini mustahkamlaş uçun» «mudofaa xatti-harakatlarining ikkinçi çiziği»ga aylanişi kerak.












