“Maxam-Chirchiq” AJ faoliyati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, tabiatni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalanişga oid qonun hamda normativ-huquqiy hujjatlar talablari ijrosini ta’minlaniş yuzasidan “Maxam-Chirchiq” AJ faoliyatida tekşiruv ötkazilgan. Unda 11 ta holatda kamçilik aniqlangan.

Jumladan çang-gaz tozalaş uskunasining samaradorligi me’yoriy hujjat talabiga javob bermasligi, ifloslantiruvçi moddalar belgilangan me’yordan ortiq çiqarilayotgani, kimyoviy moddalar belgilangan hududda joylaştirilmaganligi ma’lum bölgan. Şuningdek, korxonada suv tarkibidagi kimyoviy moddalarning ortiqça çiqarilayotgani, kompensatsiya tölovlari öz vaqtida töliq amalga oşirilmagani oqibatida amaldagi qonunçilik talablariga rioya qilinmagan.

Şu sababli Ekologiya qömitasi (oldingi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi) sudga ariza bilan murojaat qilib, AJ faoliyatini kamçiliklar bartaraf etilgunga qadar töxtatişni söragan.

Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 26 noyabrdagi hal qiluv qarori bilan “Maxam-Chirchiq” AJ faoliyati vaqtinça töxtatilgan.