Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida mamlakatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 818,5 trln so‘mni tashkil etgan.

Hududlar kesimida xizmatlar hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 26,9 trln so‘m;
  • Andijon viloyati — 42 trln so‘m;
  • Buxoro viloyati — 33,3 trln so‘m;
  • Jizzax viloyati — 19,2 trln so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 41,7 trln so‘m;
  • Navoiy viloyati — 20,2 trln so‘m;
  • Namangan viloyati — 42 trln so‘m;
  • Samarqand viloyati — 60,3 trln so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 27,5 trln so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 11,3 trln so‘m;
  • Toshkent viloyati — 55,3 trln so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 55,5 trln so‘m;
  • Xorazm viloyati — 28,4 trln so‘m;
  • Toshkent shahri — 312,2 trln so‘m.

Ko‘rinib turibdiki, xizmatlar bozorining eng yirik ulushi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Poytaxtdan keyin Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari xizmatlar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, poytaxtda xizmatlar sohasining jadal rivojlanishi unda aholi zichligi, biznes va moliya markazlari, yirik savdo va servis infratuzilmasi jamlangani bilan bog‘liq.