Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, Içki işlar vazirligi YHXB, Boş prokuratura, Quriliş vazirligi, Energoinspeksiya, Quriliş inspeksiyasi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda boşqa tegişli vazirlik va idoralar tomonidan ekologik reydlar davom ettirilmoqda.
Tadbirlar doirasida Toşkent şahrining 12 tumanida joylaşgan quriliş obektlari kompleks örganildi. Jarayonga jami 140 nafar xodim jalb etildi.
Reydlar çoğida 96 ta quriliş obekti tekşirildi. Şulardan 60 ta holatda havoning çang va qum bilan ifloslanişining oldini oliş böyiça majburiy talablar buzilgani aniqlandi. Şuningdek, 47 ta holatda quriliş maydonining kamida 25 foizini kökalamzorlaştiriş talabi bajarilmagani ma’lum böldi.
Aniqlangan huquqbuzarliklar böyiça qat’iy çoralar körildi:
- 15 ta obektda quriliş işlari vaqtinça töxtatildi;
- 70 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi;
- 68 nafar şaxs rasmiy ogohlantirildi.
Bundan taşqari, 24 ta obektda suv yuviş moslamalarini örnatiş ta’minlandi, 62 ta obektda esa avtomaşinalar şinalarini yuviş uçun maxsus basseynlar yaratildi.
Mazkur reydlar quriliş işlari davomida atrof-muhitga ta’sirni kamaytiriş, havo sifati va sanitariya talablariga rioya etilişini ta’minlaşga qaratilgani ta’kidlanmoqda.













