27 noyabr AQŞ prezidenti Donald Tramp öz ma’muriyati «barça Uçinçi dunyo mamlakatlaridan» migratsiyani doimiy ravişda töxtatişini aytdi. Bu bayonot Oq uy yaqinidagi hujumdan söng yangramoqda.
Tramp – qaysi davlatlarni nazarda tutganini, «Uçinçi dunyo mamlakatlari» yoki «doimiy töxtatiş» iboralari nimani anglatişini tuşuntirmadi, deb yozmoqda Reuters.
«Men AQŞ tizimi töliq tiklanişi uçun barça uçinçi dunyo mamlakatlaridan migratsiyani doimiy ravişda töxtataman. Bayden tomonidan imzolangan millionlab noqonuniy kirişlarni bekor qilaman, jumladan ‘Uyqudagi Jo Baydenning avtopeniʼ bilan tasdiqlanganlarini ham. Şuningdek, AQŞga foyda keltirmaydigan har qanday kişini çiqarib yuboraman,» — dedi Tramp Truth Social'dagi postida.

Bundan taşqari, Tramp AQŞ fuqarosi bölmagan şaxslarga barça federal imtiyozlar va subsidiyalarni tugatişini aytdi. Şuningdek, u «içki osoyiştalikka putur yetkazadigan migrantlarni fuqarolikdan mahrum qilişini» va «xavfsizlikka tahdid yoki «Ğarb sivilizatsiyasiga mos bölmagan» xorijiy fuqarolarni AQŞdan deportatsiya qilişini bildirdi.
Oq uy va AQŞ Fuqarolik va immigratsiya xizmati Trampning tahdidlari böyiça OAV sörovga hozirça izoh bermagan.
Avvalroq, AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi (Homeland Security) rasmiylari Bayden davrida tasdiqlangan barça boşpana işlari va 19 davlat fuqarolariga berilgan «Green card»larni keng kölamda qayta körib çiqişi aytgan. Bu buyruq ham Trampdan kelgan.
CNN naşri «taşviş uyğotuvçi davlatlar» sifatida körilayotgan 19 ta davlatlar qaysilar ekanini söragan. AQŞ Fuqarolik va immigratsiya xizmati esa CNN'ga, iyun oyidagi prezident farmonida keltirilgan 19 davlatga işora qildi.
Bu 19 davlat quyidagilarni öz içiga oladi: Afğoniston, Birma, Çad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Yaman, Burundi, Kuba, Laos, Sierra-Leon, Togo, Turkmaniston va Venesuela.
Fuqarolik va immigratsiya xizmati keyinroq bayonot berib, mazkur 19 davlatdan kelayotgan muhojirlarni tekşirişda endi «salbiy, mamlakatga xos omillar» ham inobatga olinişini aytdi. Bu omillarga, xususan, mamlakatning «şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarni xavfsiz çiqariş qobiliyati» kiradi.














