Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, AQŞ Kremlga Ukraina böyiça tinçlik rejasining «asosiy parametrlarini» yuborgan, ular Jyenevadagi AQŞ va Ukraina maslahatlaşuvlari yakunlari böyiça allaqaçon qayta işlangan. Uning sözlariga köra, hujjat Moskvaga topşirilgan va u böyiça suhbat kelasi haftaga rejalaştirilgan.
23 noyabr kuni Ukraina va AQŞ delegatsiyalari Jyenevada uçraşuv ötkazdi, uning yakunlari böyiça, prezident Volodimir Zelenskiy sözlariga köra, tomonlar «tinçlik böyiça yangilangan va takomillaştirilgan hadli hujjatni» tayyorladi. Kiyev «sezilarli taraqqiyotni» e’lon qildi va har qanday yakuniy matn adolatli tinçlikni ta’minlaşi va Ukrainaning töliq suverenitetini saqlab qolişi kerakligini ta’kidladi. Peskovning ta’kidlaşiça, aynan şu qayta körib çiqilgan variant Rossiyaga topşirilgan.
Tinçlik rejasi dastlab 28 banddan iborat edi. Jyenevada Ukraina va AQŞ delegatsiyalari hujjatni sezilarli darajada özgartirdi: bandlar soni 28 tadan 19 taga qisqartirildi va eng rossiyaparast pozitsiyalar çiqarib taşlandi. Kiyevning ta’kidlaşiça, «dastlabki versiyadan juda oz narsa qolgan».












