Bir neça yil oldin, agar odam biror masalani tuşunişi kerak bölsa, u uçta usuldan birini tanlardi: qidiruv tizimida sörov kiritiş, örgatuvçi videolarni qidiriş yoki ovozli yordamçidan söraş. Hozir köpçilik boşqa narsadan foydalanadi: çat-bot oçib, undan söraydi.
Bugungi kundagi eng katta özgariş - ChatGPT axborot olişning yangi usuliga aylandi. 2022 yil 30 noyabrda işga tuşirilganidan bir neça oy ötgaç, uşbu çat-bot foydalanuvçilari soni haftasiga 100 millionga yetdi, 2025 yil oxiriga kelib esa bu raqam 800 millionga teng böldi.
Tadqiqotlar şuni körsatadiki, odamlarning xulq-atvori haqiqatan ham özgarmoqda. Pew Research Center tomonidan 2025 yilda ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, katta yoşli amerikaliklarning 34 foizi ChatGPT’dan foydalangan. Bu 2023 yilga nisbatan qariyb ikki barobar köp. 30 yoşgaça bölganlar orasida uni köpçilik – 58 foizi sinab körgan. AP-NORC sörovi şuni körsatdiki, AQŞda sun’iy intellektdan foydalanadigan kattalarning qariyb 60 foizi ma’lumot izlaş uçun neyron tarmoqlarga murojaat qiladi. 30 yoşgaça bölganlar orasida bu 74 foizni taşkil etadi.
An’anaviy qidiruv tizimlari (Google va boşqalar) hali ham işlatilmoqda, ammo ChatGPT paydo bölişi bilan bu qidiruv usuli sezilarli darajada özgardi. Endi odamlar birinçi navbatda yordam sörab murojaat qiladigan vosita - bu çat-bot.
Va bu ajablanarli emas: çunki odamlar ilgari qidiruv tizimlariga bergan savollarga ChatGPT tezroq va tuşunarliroq javob beradi. Endi havolalarni körib çiqiş va har bir sahifaga kirişning hojati yöq - şunçaki «yordamçi» yozgan narsalarni öqib, javob oliş mumkin.












