2025 yil 1 dekabr kuni soat 09:00 da atmosfera havosi ifloslanişini monitoring qiliş böyiça avtomatik stansiyalar ma’lumotlariga köra, Toşkent şahri havosida quyidagi körsatkiçlar qayd etildi:

RM10 mayda dispersli zarraçalar miqdori — 256 mkg/m³ ni taşkil etdi. Bu körsatkiç ruxsat etilgan me’yor 300 mkg/m³ dan oşmadi.
RM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori — 180 mkg/m³ ni taşkil etdi va ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³) dan 3,0 marta yuqori ekani aniqlandi.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, körsatkiçlarning oşişiga havo haroratining keskin özgarişi ham ta’sir körsatgan. Haroratning özgarişi inversiya jarayonini keltirib çiqaradi, natijada mayda zarraçalar past qatlamda töplanib, atmosfera havosidagi ularning konsentratsiyasi oşişiga sabab böladi.