Ukraina dengiz dronlari Qora dengizda Rossiyaning «yaşirin floti»ga mansub bölgan neft taşuvçi ikkita tankeriga zarba berdi, bu haqda Ukraina rasmiylari xabar berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda dronlar kemalarga yaqinlaşib kelgani va keyin portlaş röy berganini köriş mumkin. Bu vaqtda Qozoğiston Novorossiyskdagi Kaspiy quvurlari konsorsiumining neft terminaliga berilgan zarba yuzasidan norozilik bildirdi.
Turkiya hukumati ma’lumotiga köra, hujum oqibatida «Kayros» va «Virat» nomli tankerlar şikastlangan, Gambiya bayroği ostida harakatlangan bu kemalar Ukrainaga bosqin tufayli qöllangan xalqaro sanksiyalarni çetlab ötgan holda Rossiya neftini taşigani uçun Buyuk Britaniya va Yevroittifoq sanksiyalari röyxatida bölgan.
Ularning ikkisi ham juma kuni Turkiya sohillari yaqinida hujumga uçragan, xabarlarga köra, «Virat»ga şanba kuni takroriy zarba berilgan.
Turkiya transport va infratuzilmalar vazirligi şanba kuni tongida kema «yana bir bor hujumga yöliqib, öng bortida şikastlaniş qayd etilgani»ni xabar qildi. «Bortda yonğin yöq, ekipaj a’zolari özini yaxşi his qilmoqda. Qutqaruvçilar kemadan xavfsiz masofada turibdi. Kemaning holati barqaror», – deyiladi bayonotda. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
Turkiya hukumati kemalarga yordam körsatilganini ma’lum qildi va «Kayros»dagi yonğinni öçirişga urinayotgan ikki kateri aks etgan videoni e’lon qildi.
Ukraina Xavfsizlik xizmatining ismi oşkor etilmagan xodimi ikkala tanker ham böş bölganini ma’lum qildi – ular neft töldiriş uçun Rossiyaning Novorossiyskdagi dengiz terminali tomon ketayotgandi.
«Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruş olib boriş uçun moliyaviy imkoniyatlarini qisqartirişga qaratilgan faol harakatlarini davom ettirmoqda. Sea Baby dengiz dronlari qariyb 70 mln dollarlik neftni taşiy oladigan va Kremlga xalqaro sanksiyalarni aylanib ötişda yordam berayotgan kemalarni safdan çiqardi», – deya xabar bergan BBC Ukraina xizmatining maxsus xizmatlardagi manbasi.
Turkiya hukumati Ukrainaning tankerlarga hujumlarini qoraladi. TIV matbuot kotibi Onku Keçeli hujumlar Turkiya iqtisodiy zonasi hududida sodir bölgani hamda «mintaqadagi kema qatnovi, hayot, mulk va ekologik xavfsizlikka jiddiy tahdid solgani»ni aytdi.
Keçeli şanba kuni keçqurun ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan postida Turkiya Ukrainadagi uruş Qora dengizga tarqalişining oldini oliş va Turkiyaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qiliş uçun «tegişli tomonlar» bilan muzokaralar olib borayotganini qöşimça qildi.



















